Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   310

Ogʻirlik 
oʻlchovlari 
Milligramm, gramm, 
kilogramm, litr, tonna, sentner 
Misqol, botmon, paysa, 
dahsar 

Uzunlik 
oʻlchovlari 
Millimetr, santimetr, 
detsimetr, kilometr 
Chaqirim, qarich, yogʻoch, 
gaz, qalam 

Donalik 
oʻlchovlari 
Dona, nafar, bosh, tup 
Dona, nafar, bosh 

Maydon 
oʻlchovlari 
Sotix, gektar 
Tanob
2) Matndagi hisob soʻzlar
Bunday hisob soʻzlar faqat matn ichidagina hisob soʻz ma‘nosini ifodalaydi
alohida olinganda esa biror predmet nomi hisoblanadi. Masalan, Bir piyola choy 


153 
ichdim gapida sanoq son va sanaladigan narsa oʻrtasida kelgan piyola soʻzi hisob soʻz 
sanaladi, ammo bu soʻz alohida kelganda hisob ma‘nosini bildirmaydi, balki choy 
quyib ichiladigan predmet ma‘nosini ifodalaydi. E‘tibor bering: 
Uch arava koʻmir olib keldik. Bu yerda arava soʻzi matn ichida sanoq son (uch) 
va sanaladigan narsa (koʻmir) oʻrtasida kelganligi uchun hisob soʻz sanaladi. 
Arava – bu yerda ushbu soʻz alohida olinganda hisob ma‘nosini bildirmay, 
ulov ma‘nosini ifodalaydi. 
Matndagi hisob soʻzlarning hisob soʻz boʻlib kelayotganligini yoki oʻz 
ma‘nosini ifodalayotganligini farqlash kerak. Agar soʻz sanoq son va sanaladigan 
narsa oʻrtasida kelib, oʻlchovni bildirsa, hisob soʻz sanaladi, ammo oʻsha soʻzdan 
keyin sanaladigan narsa nomi kelmasa va hisob ma‘nosini bildirmasa, hisob soʻz 
emas deb qaraladi.
Quyidagi jadvalga e‘tibor qiling: 
Hisob soʻzlar ifodalaydigan ma‘nosiga koʻra ham ikki turga boʻlinadi: 
1) Butunning, guruhning yoki toʻdaning qismini bildiruvchi hisob soʻzlar: 
burda, parcha, ogʻiz, luqma, tilim, chimdim, qultum, tomchi, toʻgram kabi.
 
Masalan, Bir tilim qovun yedim gapida tilim soʻzi qovunning bir qismini 
ifodalamoqda, ya‘ni qovun – butun, tilim – qism. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling