Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


-misol. Subyektiv baho shakllari ajratib koʻrsatilgan. Ularning ma‘nosiga  e‘tibor bering.  1. Hikmatillo bu hazilkash yigitcha


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   310
34-misol. Subyektiv baho shakllari ajratib koʻrsatilgan. Ularning ma‘nosiga 
e‘tibor bering. 
1. Hikmatillo bu hazilkash yigitchaning puchuq bo‗lsa ham, allaqanday 
yoqimtoy chehrasiga qarab turibdi. (O. Yoqubov) 2. Toychoqlar hanuz o‗ynoqlashini 


136 
qo‗ymas, goh to‗xtab, uzoqlarga qarab qolishardi. (Isajon Sulton) 3. Kundoshlarning 
eng kichigi – bu dargohga tushganiga besh oygina bo‗lgan kelinchak – ganjiravonlik 
Unsinoy chilim solib tutdi. (Abdulla Qahhor) 4. O‗yinga mashg‗ul bo‗lib o‗tirgan 
olti-yetti yashar qizaloq soy yoqalab kelayotgan kishiga ko‗zi tushib, shodon 
qiyqiradi: – Dadajon! Dadajon(Erkin A‟zam) 6. Iya, biz uning bobosi tengi bo‗lsak, 
bu tirrancha qizaloq ermak qilyaptimi? (Said Ahmad) 7. Mayli, kelib o‗tirsin – mana 
hovli, mana joy! Lekin manovi yetimchalaringni sudrab men qay go‗rga boray, ayt?! 
(Erkin A‟zam) 8. Ha, endi, buvingnikiga ko‗chib ketadigan bo‗lsak, uyni tashlab 
ketamizmi, orqalab opketamiz-da, o‗g‗iltoy(Sh. Boshbekov) 
 
SIFAT 
Otga bog‗lanib, uning belgisini bildiradigan va «qanday?», «qanaqa?» 
so‗roqlariga javob bo‗ladigan so‗zlarga sifat deyiladi. 
 
1-misol.
 
Chiroyli ko‗ylak, baland bino, devoriy gazeta, qiziq gap, kuzgi ekin. 
2-misol. Sifatlarning tagiga chizilgan. 
Baqqol amaki o‗zi pakana-yu, lekin yuzi katta, peshonasi keng, yakkam-
dukkam soqolli, burni puchuq, iyagi kalta odam. Qorni ham haddan tashqari katta 
bo‗lganligi uchun o‗tirganda xuddi bir qop go‗shtdek bo‗lib qoladi. O‗ziyam juda 
g‗alati odam, sergapmi, kamgapmi, bilib bo‗lmaydi. Bir qarasangiz, qiziq-qiziq 
gaplarni aytib, odamlarni kuldirib o‗tiradi; bir qarasangiz, gung bo‗lib boshini egib 
oladi. (X. To„xtaboyev) 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling