Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


) Ma‟noni kuchaytirish, ta‟kidlash


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   310
2) Ma‟noni kuchaytirish, ta‟kidlash. 
-lar qoʻshimchasi inson tana a‘zolari nomi va mavhum otlarga qoʻshilganda 
ma‘noni kuchaytirish va ta‘kidlash vazifasini bajaradi. Masalan: koʻzim tolib ketdi. – 
koʻzlarim tolib ketdi. Quvonchim ichimga sigʻmas edi. – Quvonchlarim ichimga 
sigʻmas edi. 
3) Umumlashtirish. 
-lar qoʻshimchasi atoqli otlarga, xususan, shaxs va joy nomlariga qoʻshilganda 
ma‘noni umumlashtirish vazifasini bajaradi. Masalan: Yosh oybeklar bayrogʻin 
koʻtaraylik balandga. Samarqandlarni bir tomosha qilib kelmaymizmi? Bugun 
Jamshidlarnikida toʻy boʻlyapti. (Bu gapda Jamshid soʻziga qoʻshilgan -lar 
qoʻshimchasi bir nechta Jamshidni bildirmagan, balki Jamshid va uning oila 
a‘zolarini umumlashtirib ifodalagan.) 
4) Tur, nav, xil. 
-lar qoʻshimchasi donalab sanab boʻlmaydigan otlarga qoʻshilganda oʻsha 
narsaning tur-navini va xilma-xil ekanligini bildiradi. Masalan: Korxonamizda 
ichimliklar ishlab chiqarilmoqda. Doʻkonda yogʻlar sotilmoqda. (Bu gapda yogʻ 
soʻziga qoʻshilgan -lar qoʻshimchasi yogʻning har xil turini – paxta yogʻi, zigʻir 
yogʻi, oʻsimlik yogʻini bildirgan.) 
5) Chama, taxmin. 
-lar qoʻshimchasi payt va masofani bildiruvchi soʻzlarga qoʻshilganda chama, 
taxmin ma‘nosini ifodalaydi. Masalan: Bekatgacha yana besh yuz metrlar yurasiz. 
Majlis soat beshlarda tugadi. 
32-misol. -lar qoʻshimchasining qanaqa soʻzlarga qoʻshilib, qanday uslubiy 
ma‘no ifodalayotganiga e‘tibor bering. 
1. Sevguchi Farhod va Shirinlar haqidagi go‗zal hikoya asrlar bo‗yi yashab 
kelmoqda. (Hamid Olimjon) 2. Soat beshlarda pedagogika institutiga bordik. (O„. 
Umarbekov) 3. Qizlar o‗zlari yasagan katta ipak koptokni Gulshanga berdilar. 
(Abdulla Qodiriy) 4. Gulshanlar kirgan hovli «qirq qizlar» deb atalar edi. (Abdulla 
Qodiriy) 5. Ham yana Erhubbi bo‗ladur tag‗o, Ammamizning erlaridur Nurato
(Muqimiy) 6. Yosh oybeklar bayrog‗in ko‗taraylik balandga. (A. Oripov) 7. Egila 
berib-egila berib, bellarim og‗rib ketdi, kapitan uka. (Tog„ay Murod) 7. Opa, 
akamlarga bir bog‗ni ko‗rsatib chiqaman, maylimi? (O„. Umarbekov) 8. U ellik 


134 
yoshlarni qoralab qolgan, yuzlaridabitta ham ajini yo‗q, ko‗hlik ayol edi. (Said 
Ahmad) 9. So‗fi jim qoldi. Hatto ko‗zlariga yosh kelganday bo‗ldi. (Cho„lpon) 10. 
Har bir kunda bir buyuk mazmun, Quyosh to‗kar boshlaringga zar, Tojixonlar tongi 
boshlangan Farg‗onadan Amuga qadar... (Hamid Olimjon) 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling