Navoiy bilan Pushkin «Ona tilim o‗lmaydi».
Turib keldi qabrdan.
(E. Vohidov)
SHAXS OTI YASOVCHI QO„SHIMCHALAR
VA ULARNING IMLOSI
Shaxs otlarining bir guruhi asosga -chi, -soz, -kor, -xon, -dosh, -boz (-voz), -
(u)vchi, -lik qo‗shimchalarini qo‗shish yordamida yasaladi. -vchi qo‗shimchasi i
unlisi bilan tugagan fe‘llarga qo‗shilganda, i unlisi u shaklida, a bilan tugagan
fe‘llarga qo‗shilganda, a unlisi o shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.
Undosh bilan tugagan fe‘llarga -uvchi shaklida qo‗shiladi: quruvchi, suzuvchi.
-lik qo‗shimchasi o‗rin-joy bildiruvchi turdosh va atoqli otlarga qo‗shilib,
shaxsning shu hududga mansubligini bildiradi. Atoqli otlarga qo‗shilgan -lik
qo‗shimchasi atoqli otni turdosh otga aylantiradi va kichik harf bilan yoziladi:
samarqandlik, shaharlik.
15-misol.
Ishchi, ijodkor, paxtakor, aravasoz, yo‗lsoz, tilshunos, g‗azalxon, yurtdosh,
quroldosh, kaptarvoz, majlisboz, o‗quvchi, boshlovchi, shaharlik, samarqandlik.
Shaxs oti yasovchi ayrim qoʻshimchalar:
1) -chi: temirchi;
2) -kor: paxtakor;
3) -dor: mulkdor;
4) -kash: aravakash;
5) -soz: soatsoz;
6) -lik: shaharlik;
7) -(u)vchi: oʻquvchi, suzuvchi.
8) -gar: zargar;
9) -kar: miskar;
10) -xon: kitobxon;
11) -boz: dorboz;
12) -paz: oshpaz;
13) -bon: bogʻbon;
14) -dosh: sinfdosh;
15) -shunos: tilshunos;
16) -doʻz: doʻppidoʻz.
NARSA OTLARI
«Nima?» so‗rog‗iga javob bo‗lib, jonli va jonsiz narsalarni bildirgan otlarga
narsa otlari deyiladi.
Narsa otlari va narsa nomlarini bir-biridan farqlash kerak. Narsa otlari atamasi
turdosh otlarga nisbatan, narsa nomlari atamasi atoqli otlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Masalan: mushuk – narsa oti, Baroq – narsa nomi.
Do'stlaringiz bilan baham: |