12-misol.
Chol, yigit, kampir, qiz, shaharlik, suvchi, xola, amma, zargar.
Yuqorida ta‘kidlanganidek, shaxs otlari shaxslarni bir necha tomondan
nomlaydi.
1) yoshiga koʻra: chaqaloq, bola, yigit, qiz, chol, kampir.
2) yashash joyiga koʻra: qishloqlik, shaharlik, samarqandlik.
3) kasb-koriga koʻra: oʻqituvchi, oshpaz, temirchi, duradgor, shifokor.
4) mansab-unvoniga koʻra: direktor, kapitan, general, professor.
5) qarindoshlik darajasiga koʻra: ota, ona, aka, uka, opa, singil, xola, togʻa.
6) ijtimoiy holatiga koʻra: shoh, gado, shahzoda, malika, darvesh.
7) nasl-nasabiga koʻra: xoʻja, sayid.
13-misol. Shaxs otlarining tagiga chizilgan.
Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o‗g‗li Otabek! (Abdulla Qodiriy) 2.
Bahor oxirlab qolayotgan kunlarda shahzoda Abusaid qirq yigiti bilan ovga chiqdi.
(P. Qodirov) 3. Dehqonchilik sirini professorlar o‗rgatgan emas bizga. Paxtakorning
o‗z kitobi bor. Bu kitob uning ko‗kragida. (Oybek) 4. Shavkat eng oldin enasi bilan
quchoqlashib, xayr-xo‗shlashdi. (Qamchibek Kenja)
Shaxs otlari va shaxs nomlarini bir-biridan farqlash kerak. Shaxs otlari atamasi
turdosh otlarga nisbatan, shaxs nomlari atamasi atoqli otlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Masalan: podshoh – shaxs oti, Bobur – shaxs nomi.
14-misol. Shaxs otlarining tagiga chizilgan, shaxs nomlari esa qora rangda
berilgan.
Notiq dedi: Kim darg‗azab, kim hayron,
«Taqdir shul, Chiqib keldilar qator:
Bu jahoniy iroda. Dante, Shiller va Bayron,
Tillar yo‗qolur butkul, Firdavsiy, Balzak, Tagor.
Bir til qolur dunyoda». «Va‘zingni qo‗y, birodar,
«Ey voiz, pastga tushgin, Sen aytganing bo‗lmaydi!»
127
Bu gap chiqdi qayerdan?» Barcha dedi barobar:
Do'stlaringiz bilan baham: |