Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   310
 
7-misol. Bayram nomlarining tagiga chizilgan. 
1. Ramazon kirdi... Dadam meni bozorboshiga olib bordi. (Abdulla Qahhor) 2. 
Aytganingiz kelsin, – dedi onamning chehrasi ochilib, – hamal-amal, o‗lmagan qul 
bahorni ham ko‗radi. Navro‗z keladi... Navro‗z so‗zini eshitib, yuragim to‗lqinlanib 
ketdi. (N. Safarov) 3. Yangi yilda uyimizga, baxsh etib zavq-u safo. Kirib keldi 
hassasini do‗qillatib Qorbobo. (H. Imonberdiyev)  
SUV HAVZALARI VA INSHOOTLARI NOMLARI 
 
Suv havzalari va inshootlari nomlari tarkibidagi birinchi so‗z bosh harf bilan 
yoziladi. 
 
8-misol.
Orol, Sangzor, Oqdaryo, Balxash, Issiqko‗l, Chortoqsoy, Zarafshon, So‗x, 
G‗ovasoy, Katta Farg‗ona kanali, Chordara, Chorvoq, Amu-Buxoro kanali, Qora 
dengiz, Tuyabo‗g‗iz, Shahrixonsoy. 
 
9-misol. Suv havzalari va inshootlari nomlarining tagiga chizilgan. 
1. Kampirning o‗tovi Zolariqning chap qirg‗og‗ida edi. (G„afur G„ulom) 2. 
Qorasuv kunchiqar va kunbotar tomonlari qo‗shni qishloqlar bilan, kun yurish tarafi 
qishloq ahli Qayir deb atovchi Qoradaryo o‗zani bilan tutashib ketgan katta ariq edi. 
(Qamchibek Kenja) 3. Qoplonbopning qoq o‗rtasidan Nuqrasoy shitob bilan oqib 
o‗tadi. (Said Ahmad) 4. Bo‗ron tezda o‗tib ketadi, biz Jayhunning narigi tarafiga 
o‗tganimizdan keyin bunaqangi yomon ofatlar bo‗lmaydi. (Mirmuhsin) 


125 
TURDOSH OTLAR 
Bir turdagi shaxs, narsa, o‗rin-joy, faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi otlar 
turdosh otlar sanaladi. 
 
10-misol.
Ota, uka, kishi, o‗roq, ketmon, daxtazor, olmazor, choyxona, terim, o‗rim, 
ko‗rik, tinchlik. 
Turdosh otlar bir xil shaxs, narsa, oʻrin-joy, faoliyat-jarayonlarning umumiy 
nomi hisoblanadi. Masalan, oʻqish uchun moʻljallangan muqovalangan oʻquv quroli 
ma‘nosini bildiruvchi kitob soʻzini olaylik. Biz yashab turgan borliqda milliardlab 
kitoblar mavjud, ular turli hajmga, turli rang va shaklga ega, bir-biridan tili, mavzusi 
jihatidan farqlanadi, ammo oʻzbek tilida qanaqaligidan qat‘i nazar oʻqish uchun 
moʻljallangan muqovalangan oʻquv quroli kitob deb ataladi. Demak, kitob soʻzi shu 
turdagi barcha narsaning, ya‘ni har qanday oʻqish uchun moʻljallangan 
muqovalangan oʻquv qurolining umumiy nomidir. Biz bir-biridan qanday farqli 
xususiyatlarga ega boʻlishidan qat‘i nazar har qanday mana shunaqa oʻquv qurolini 
bitta nom bilan, umumiy kitob soʻzi bilan ataymiz. Tilimizda ishlab chiqarish va 
sanoati rivojlangan, aholi zich yashaydigan hudud shahar deb ataladi. Dunyoda 
shaharlar koʻp, ular turli hududlarda va bir-biridan koʻplab farqli xususiyatlarga ega, 
ammo oʻzbek tilida har qanday ishlab chiqarish va sanoati rivojlangan, aholi zich 
yashaydigan hudud shahar deb nomlanadi. Demak, bu soʻz mana shunday 
xususiyatga ega joylarning barchasining umumiy nomi hisoblanadi.
Atoqli otlar va turdosh otlarning farqi shundaki, atoqli otlar biror shaxs, narsa, 
oʻrin-joyning faqat bittasiga tegishli boʻlgan alohida nom boʻlsa, turdosh otlar shaxs, 
narsa, oʻrin-joyning barchasini ataydigan, bildiradigan umumiy nomdir. Ularning 
farqini quyidagi jadvalda yanada aniqroq koʻrish mumkin: 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling