Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   310
SHAXS NOMLARI 
 
 
Kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusini bildiruvchi otlar shaxs 
nomlari sanaladi. 
Familiyalar shaxs ismidan so‗ng otasining ismini qoldirish (Usmon Nosir), 
otasining ismiga -ov(a), -yev(a)qo‗shimchasini qo‗shish (Erkin Vohidov) bilan 
ifodalanadi. 
 
1-misol:
Toshev, Yo‗ldosh o‗g‗li, Xorazmiy, Ibn Sino, Sanobar Akbar qizi, 
Navoiy, Cho‗lpon. 
 
Shaxs nomlariga qoʻshilib keluvchi abdu-, -qul, -berdi, -xon, -jon, -boy, -oy, -
bek, -xo„ja, -bonu kabi til birliklari kishi nomlari koʻrsatkichlari hisoblanadi, bu 
vositalar aslida soʻzlar boʻlsa-da, bugungi kunda qoʻshimcha deb qaraladi. 
 
JOY NOMLARI 
 
 
Ma‘lum bir geografik hududga atab qo‗yilgan nomlar joy nomlari hisoblanadi. 
Mamlakat, o‗lka nomlari qo‗shma so‗z shaklida bo‗lganda, tarkibidagi har bir so‗z 
bosh harf bilan yoziladi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi, Birlashgan Arab 
Amirliklari, Oʻrta Osiyo, Uzoq Sharq, Yuqori Chirichiq kabi. 
Tarkibida bo„yi, orti, oldi so‗zlari ishtirok etgan joy nomlari qo‗shib yoziladi. 
Masalan, Orolboʻyi, Kavkazorti, Uraloldi kabi. 
 
2-misol.
Surxondaryo, Buloqboshi, To‗rtko‗l, Qorovulbozor, Amerika Qo‗shma 
Shtatlari, Janubiy Koreya, Marjonbuloq, Jarqo‗rg‗on, Markaziy Osiyo, O‗zbekiston 
Respublikasi. 
 
3- misol. Joy nomlarining tagiga chizilgan. 
1. Jiydakapa do‗ppidek keladigan pastak bir tepalik ekan. (X. Sultonov) 2. 
Zahro «Tuproqqo‗rg‗on» darvozasiga yetib borganda, vaqt tushga yaqinlashib 
qolgan, kun iliq, havoda o‗rikgullari chirpirar edi. (U. Nazarov) 3. Balandmachitdan 
o‗tib, Beshyog‗ochga chiqamiz. (Oybek) 4. Xatirchiga borish uchun poyezddan 
Zirabuloq bekatida tushiladi. (G„. Salomov) 5. Qani endi, Yaypanga borsak, 


123 
Qudashga borsak, Buvaydaga borsak, Oqqo‗rg‗onga borsak, seni ham olib boraman. 
(Abdulla Qahhor) 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling