Shart mayli shaklining ma‟nolari
№
Ma‟no
turi
Izoh
Misollar
1
Shart
ma‟nosi
Agar shart mayli shaklini olgan fe‘l
qoʻshma gapning birinchi qismining kesimi
boʻlsa va undan keyin yana bitta gap kelsa,
sof shart ma‘nosi anglashiladi.
1) Oz yesang, ko‗p
yashaysan.
2) Toʻgʻri boʻlsang,
murodingga
oson
yetarsan.
2
Istak
ma‟nosi
a) Agar shart mayli shaklini olgan fe‘l
sodda gapning kesimi boʻlib, gap
tugallansa, istak ma‘nosi anglashiladi.
b) Agar shart mayli shaklidan soʻng edi,
ekan toʻliqsiz fe‘llari kelsa, orzu-istak
ma‘nosini bildiradi. -sa edi shakli ba‘zan -
saydi tarzida talaffuz qilinadi va shunday
yoziladi.
1) Qaniydi, oʻqishga
kirsam.
2) Men ham chet
ellarga
sayohatga
borsam.
3) Tezroq yoz kelsa
edi.
4) Biz ham ta‘tilga
chiqsak ekan.
3
Gumon
ma‟nosi
Agar shart mayli shakli kerak so‗zi bilan
kelsa, taxmin-gumon ma‘nosini bildiradi.
1) Bugun yomgʻir
yogʻsa kerak.
2) Akam ikki kundan
keyin kelsa kerak.
Xabar mayli har uchala zamonni ham ifodalay oladi: oʻqidi (oʻtgan zamon),
oʻqiyapti (hozirgi zamon), oʻqiydi (kelasi zamon). Buyruq-istak va shart mayli esa
faqat kelasi zamonni bildiradi: oʻqing, oʻqisa.
MAYL QOʻSHIMCHALARI USLUBIYATI
Xabar mayli shakli orqali buyruq-istak mayli ma‟nosining ifodalanishi
№
Shakli: Xabar mayli
Ma‟nosi: Buyruq-istak mayli
1
Menga holiroq joy bering, keyin oʻsha
odamni sekin chaqirasiz.
Menga holiroq joy bering, keyin oʻsha
odamni sekin chaqiring.
2
Uyga borasiz, soʻng yangangizdan
pulni olib qaytasiz.
Uyga boring, soʻng yangangizdan pulni
olib qayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |