116
3
Aytishicha, oʻsha kuni akam ham u
bilan birga bor
adi.
Aytishicha, oʻsha kuni akam ham u bilan
birga borgan.
MAYL SHAKLLARI
Fe‘l ifodalagan harakat-holat haqidagi xabar,
buyruq-istak, shart ma‘nolarini
ifodalovchi fe‘l shakllari
mayl shakllari sanaladi. Fe‘llarning uchta mayl shakli
mavjud: 1) xabar mayli; 2) buyruq-istak mayli; 3) shart mayli.
1-misol.
O‗ynadim, o‗yna, o‗ynayapman, o‗ynaylik, o‗ynagin, o‗ynama, o‗ynasam,
o‗ynasang, o‗ynasa edi.
XABAR MAYLI
Harakat va holatning bajarilishi yoki
bajarilmasligi haqidagi xabar, darakni
bildiruvchi fe‘l shakli
xabar mayli shakli hisoblanadi. Xabar mayli shakli maxsus
qo‗shimchaga ega emas. Zamon va shaxs-son qo‗shimchalarini qabul qilgan fe‘llar
xabar maylidagi fe‘llar sanaladi.
2-misol.
Gullagan,
yashnamoqda, o‗ylashdi, o‗ynamayman, boribdi, oʻqiyapti, keladi,
ishlar.
3-misol. Xabar maylidagi fe‘llarning tagiga chizilgan.
1. Bola chaqqonlik bilan o‗zini suvga otdi.
(S. Mengnorov) 2. Nigoraning qop-
qora ko‗zlari doimo chaqnab turadi, lablaridan tabassum arimaydi.
(A. Azimova) 3.
Kabob uchun shahardan zira-piralarni ham olib chiqib qo‗ydik.
(P. Qodirov) 4. Otasi
Qo‗qonning Madalixon madrasasida bir necha yillar mudarris bo‗lib ishlagan.
(Abdulla Qodiriy) 5. Cho‗pon
gapiradi, xotini aytadi, o‗g‗li chaqiradi.
(Sh.
Xolmirzayev) 6. Kunduzi bo‗lishiga qaramay, birdan hamma yoq qop-qorong‗i bo‗lib
ketdi.
(P. Qodirov)
Do'stlaringiz bilan baham: