Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-misol. Boray, borgin, borsin, boraylik, boring, boringlar. Buyruq-istak mayli shakllari Shaxs Birlik Misollar
- SHART MAYLI
BUYRUQ-ISTAK MAYLI
Harakat va holatni bajarish yoki bajarmaslik haqidagi buyruq, istak, iltimos, maslahat ma‘nolarini bildirgan fe‘l shakli buyruq-istak mayli shakli sanaladi. Buyruq-istak mayli shakllari fe‘l asoslariga quyidagi qo‗shimchalarni qo‗shish yo‗li bilan hosil qilinadi: -(a)y, -(a)yin, -gin (-kin, -qin), -(i)ng, -sin, -(a)ylik, - (i)nglar. 4-misol. Boray, borgin, borsin, boraylik, boring, boringlar. Buyruq-istak mayli shakllari Shaxs Birlik Misollar Koʻplik Misollar I -(a)y, - (a)yin Boray, oʻqiy, borayin, oʻqiyin -(a)ylik Boraylik, oʻqiylik 117 II …, -gin Oʻqi, oʻqigin -(i)ng, - (i)ngiz Boring, oʻqing / boringiz, oʻqingiz III -sin Oʻqisin -sin(lar) Oʻqisinlar Fe‘lning zamon, shaxs-son qo‗shimchalarisiz qismi II shaxs buyruq-istak maylini ifodalaydi. Bu qismga buyruq-istak ma‘nosini kuchaytirish uchun -gin qo‗shimchasini qo‗shish ham mumkin, shuning uchun bu ikki shakl ma‘nodosh sanaladi. Masalan: kel / kelgin; ol / olgin. Buyruq-istak mayli shakllari fe‘lga xos uchta munosabat shakli ma‘nosini, ya‘ni zamon, mayl, shaxs-son ma‘nosini bir oʻzi ifodalay oladi. Masalan: Siz uyga boring gapidagi -ing II shaxs koʻplik buyruq istak-mayli shakli boʻlib, bunda bitta qoʻshimcha bir vaqtning oʻzida uchta grammatik ma‘noni ifodalagan: kelasi zamon ma‘nosini, II shaxs ma‘nosini va buyruq-istak mayli ma‘nosini. Buyruq-istak maylining -y va kelasi zamonning -y shakllari oʻzaro shakldosh boʻlib, har ikkalasi kelasi zamonni bildirishi bilan bir-biriga oʻxshaydi. Ular quyidagicha farqlanadi: 1) -y shaklidan soʻng shaxs-son qoʻshimchalari kelsa, u kelasi zamon shakli hisoblanadi. Masalan: oʻqiyman, oʻqiysan, oʻqiydi, oʻqiymiz, oʻqiysiz. Bunday fe‘llar xabar, darak ma‘nosini bildiradi. 2) -y shaklidan soʻng shaxs-son qoʻshimchalari kelmasa, u buyruq-istak mayli shakli hisoblanadi. Masalan: oʻqiy. 5-misol. Buyruq-istak maylidagi fe‘llarning tagiga chizilgan. 1. Ikkalang ham og‗zingni ochmay, jim o‗tirgin. (Cho„lpon) 2. Qani, qo‗lni bering, bir tabriklab qo‗yay, – dedi zavqi oshib. (X. To„xtaboyev) 3.Yaxshilik qilsang, oxirigacha yaxshilik qilgin, zinhor minnat qilma. (Said Ahmad) 4. Kun bo‗yi g‗aflat bosib uxlama, sergak bo‗l. (Omon Muxtor) 5. Qo‗lingni ochiq tutgin, boshingni g‗oz tut. (Said Ahmad) 6-misol. Buyruq-istak maylidagi fe‘llarning tagiga chizilgan. 1. Hali dalada boshlangan gapni davom ettiraylik. (Oybek) 2. O‗rtoqjonlar, qani, tezlataylik. Shu bugundan qolmasin. (Rahmat Fayziy) 3. Ufqlarda sayr etgin mudom, Quyosh kelib suvga cho‗kkanda. (Hamid Olimjon) 4. Dasta-dasta gullar keltirsin, Sho‗x va quvnoq do‗stlarga buyur. (Hamid Olimjon) 5. Do‗stlar, ishonch bilan kutingiz bizni, hech qachon bizlardan umid uzmangiz. (Uyg„un) SHART MAYLI Boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun shart bo‗lgan harakat va holatni, shuningdek, istak-xohishni bildirgan fe‘l shakli shart mayli shakli sanaladi, u -sa qo‗shimchasi yordamida yasaladi. 7-misol. Oʻqisam, oʻqisang, oʻqisa, oʻqisak, oʻqisangiz, oʻqisalar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling