Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
ZAMON QOʻSHIMCHALARI USLUBIYATI
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
ZAMON QOʻSHIMCHALARI USLUBIYATI
Siz bilasizki, fe‘lning zamon shakllari benihoya rang-barang boʻlib, ular nutqda ifodalangan harakat yoki holatning uch zamon (oʻtgan, hozirgi, kelasi)dan birida voqelanishini bildiradi. Ammo nutq tuzishda shuni ham hisobga olish kerakki, nutq vaziyati, ifoda maqsadi, umuman, uslub taqozosiga muvofiq zamon shakllari almashinishi, muayyan bir zamonni ifodalovchi qoʻshimchalardagi oʻziga xosliklarga koʻra ulardan biri tanlanishi mumkin. Masalan, -di qoʻshimchasi bilan yasalgan oʻtgan zamon shakli soʻzlashuv uslubi taqozosiga koʻra kelasi zamon ma‘nosida qoʻllangan: Xoʻsh, anovi divanni nima qildik? (Erkin A‘zam) Bu yerda boʻlgan bahslar shu eshikdan chiqmasin, ma‟qulmi, nima dedingiz? (Ahmad A‘zam) Hozirgi zamon shaklini yasovchi -yotir, -yap, -moqda qoʻshimchalari ma‘nodosh, ammo ular nutqiy uslublarga xoslanishi, uslubiy boʻyogʻiga koʻra bir- biridan farqlanadi. Ulardan -yap koʻproq soʻzlashuv uslubiga xos, -yotir va -moqda qoʻshimchalari esa poetik nutqda, badiiy uslubda koʻproq qoʻllanib, tantanavorlik, koʻtarinkilik boʻyogʻini namoyon qiladi. Kelasi zamon shaklini yasovchi -ajak qoʻshimchasi ham ana shunday tantanavorlik, koʻtarinkilikni ifodalaydi. Ilmiy uslubda hozirgi-kelasi zamon shakli (-a, -y qoʻshimchasi)ning qoʻllanishida ham uslubiy oʻziga xoslik mavjud. Bu shakl aniq zamonni emas, balki, umuman, zamonni, odatiylikni bildirish uchun ham qoʻllanadi. Masalan: predmetning belgisini bildiruvchi soʻzlar sifat deyiladi; kesim gapning markazi hisoblanadi; ega bosh kelishikdagi soʻz bilan ifodalanadi kabi ifodalarda buni koʻrish mumkin. Soʻzlashuv va boshqa uslublarda ham bunday holat odam gapiradi, qush uchadi, pichoq kesadi singari qoʻllanishlarda kuzatiladi. Asosan ikkita holatda fe‘lning munosabat shakllari, xususan, zamon qoʻshimchalari uslubiy xususiyatlarini namoyon qiladi: 1) Bir zamonning qoʻshimchasi boshqa zamon ma‘nosida qoʻllansa. Masalan: Saidxon aka, bu qanday koʻrgilik-a? Endi men nima qildim? gapida qildim fe‘li 115 tarkibidagi oʻtgan zamon qoʻshimchasi -di oʻz zamoni ma‘nosini emas, kelasi zamon ma‘nosini ifodalagan, shuning uchun ushbu gapdan quyidagicha ma‘no anglashiladi: Saidxon aka, bu qanday koʻrgilik-a? Endi men nima qilaman? 2) Ma‘lum bir uslubiy oʻziga xoslikni ifodalash, ta‘kidlash uchun bir zamonning ma‘nodosh qoʻshimchalaridan biri nutqda tanlanishi mumkin. Masalan, kelasi zamonning -a va -ajak shakllari ma‘nodosh, ammo tantanavorlikni ifodalash, shuningdek, nutqqa rasmiy tus berish uchun quyidagi gapda -ajak shaklidan foydalanilgan: Jangchilar, albatta, gʻalaba bilan qaytajak! Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling