Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi


-MAVZU: KADRLAR KONSALTINGI BOSHQARUV


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/89
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1260861
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI

1-MAVZU: KADRLAR KONSALTINGI BOSHQARUV 
MASLAHATINING TARMOG’I SIFATIDA 
 
Reja: 
1. Konsalting: asosiy tushunchalar, maqsad va vazifalari; 
2. Personal nazorati turlari
3. Personalga xarajatlar va ularning tuzilishi. 
1. 
Konsalting: asosiy tushunchalar, maqsad va vazifalari 
 
Nazorat boshqaruvning funksiyasi sifatida aniq vazifalarga 
yо‘naltirilgan va kadrlarga oid qarorlarni qabul qilish jarayonining 
tarkibiy qismidir. 
Nazoratning bosh vazifasi – rejalashtirilgan va olingan natijalarni 
taqqoslashdir, uning ketidan farqlanishlar tahlili va rejalarga 
tuzatishlar kiritish tadbirlarini ishlab chiqish amalag oshiriladi. Ushbu 
holatdan kelib chiqib kadrlar nazorati kadrlarga oid qarorlarni qabul 
qilish jarayonining domiy fazasidir. Strategik nazoratning dastagi 
xilma-xildir: portfelli tahlil, salohiyatning tahlili, о‘sish egri chizig‘i, 
SWOT-tahlil, balans kо‘rsatkichlari, ssenariylarni ishlab chiqish va 
h.k. 
Nazorat – korxona maqsadlarini belgilash, samarali korporativ 
boshqaruv uchun joriy axborotlarni yig‘ish va qayta ishlash tizimidir.
 
1.1-rasm. Tashkilotda nazorat konsepsiyasi. 
Rejalashtirish 
Nazorat 
Boshqaruv hisobi 
Axborotlar oqimi 
Nazorat 
Strategiyani ishlab chiqish – 
korxona maqsadlarini 
belgilash 
Boshqaruv qarorlarini qabul 
qilish uchun takliflarni 
ishlab chiqish 
Tahlilni
о‘tkazish 
Axborotlarni 
kuzatish 



Nazorat konsepsiyasi о‘z ichiga korxona faoliyatidagi haqiqat-
dagi kо‘rsatkichlarni rejadan farq qilishini nazorat qilish, boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish uchun takliflar ishlab chiqishdan iborat. 
Nazoratning bosh vazifasi – rejalashtirilgan va olingan natijalarni 
taqqoslashdir, uning ketidan farqlanishlar tahlili va rejalarga 
tuzatishlar kiritish tadbirlarini ishlab chiqish amalag oshiriladi. Ushbu 
xolatdan kelib chiqib kadrlar nazorati kadrlarga oid qarorlarni qabul 
qilish jarayonining domiy fazasidir. 
Iqtisodiy jihatdan nazorat – bu kuzatish va boshqarishdir. 
Samarali boshqarish va kuzatish maqsadni belgilash va shu maq-
sadlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqmasdan 
iloji yо‘q, shuning uchun nazorat rejalashtirish, tartibga solish va 
kuzatish bо‘yicha kompleks masalalardan iborat bо‘ladi. 
Nazoratning vazifasi – boshqaruv axborotlarini tayyorlash va 
taqdim etish yо‘li bilan rahbariyatni zarur qarorlar qabul qilishga 
yо‘naltirishdir. 
Nazorat: 
– xarajatlar va faoliyat natijalarini tartibga solish imkonini beradi; 
– korxona maqsadlariga erishishiga yordam beradi; 
– kutildmagan tasoddiflar oldini oladi va iqtisodiy kо‘rsatkichlar 
xavfli nuqtalarga etganida ularga qarshi о‘z vaqtida choralar kо‘rish 
imkonini beradi; 
– zaruriy muvozanatni ushlab turishga xizmat qiladi (masalan, 
foyda, daromadlar, miqdor, unumdorlik va h.k.) 
Nazorat xizmati menejment uchun servis funksiyasini bajaradi. 
Agar rahbar xо‘jalik faoliyati natijasi uchun unumli mas’ul bо‘lsa, 
nazoratchi esa – shu natijaning “shaffof”ligi, ya’ni qabul qilinayotgan 
qarorlar natijalari, ularning о‘z vaqtidaligi, funksional bо‘linmalar 
tomonidan kelishilganligini aks ettiruvchi qarorlarni qabul qilish va 
hisobotlar tayyorlashning barcha jarayonlarini metodik asoslanganligi 
uchun mas’ul bо‘ladi. 
Shunday qilib, nazoratning vazifasi inqirozli vaziyatlarning oldini 
olishdan iborat.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling