Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi


 Personalni boshqarish xizmati ishining konsaltingi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/89
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1260861
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   89
Bog'liq
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI

1. Personalni boshqarish xizmati ishining konsaltingi 
 
Ushbu konsalting maqsadi – tashkilotning avvalgi yillardagi 
faoliyati natijalari, boshqa tashkilotlarning natijalari va tashkilot 
maqsadlariga nisbatan kadrlarga oid faoliyat dasturlari bilan bog‘liq 
xarajatlar va manfaatlarni baholashdir. 
Kadrlar xizmati faoliyatini baholash – bu kadrlar faoliyati 
dasturlari bilan bog‘liq tizimli, rasmiylashlirilgan aniq jarayon bо‘lib, 
harajatlar va foyda foydani о‘lchashga hamda natijalarni о‘tgan 
davrda korxona faoliyatining yakunlari, boshqa korxonalar yakunlari 
va korxona maqsadlari bilan solishtirishga yо‘naltirilgan.
Baholash natijalari personal bilan ishlashdagi bajarilgan ishning 
sifati, personalning qoniqish darajasi, mehnat va ijro intizomi, kadrlar 
qо‘nimsizligi kabi asosiy muammolarga diqqatni jalb qiluvchi 
yakuniy indikator bо‘lib xizmat qiladi. 
Personalni boshqarish xizmati faoliyatining muhim yо‘nalishlari: 
– personal bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va yechish 
bо‘yicha menejerlarga tavsiyalar va maslahatlar berish; 
– menejerlar diqqatiga mehnat munosabatlari bilan bog‘liq korxona-
ning umumiy falsafasini, yuridik mazmuni va strategiyasini etqazish; 
– menejerlarga mehnat munosabatlari sohasidagi tavsiyalar va 
maslahatlarni berish; 
– korxonaning barcha xodimlari о‘rtasidagi ketma-ket va 
muvofiqlashtirilgan munosabatlarni о‘rnatish; 
– shikoyatlarni kо‘rib chiqish nazoratini amalga oshirish; 
– menejerlarga shtat siyosati va u bilan bog‘liq muammolar 
bо‘yicha tavsiyalar va maslahatlar berish; 
– personalni yollash bilan bog‘liq jarayonlarni koordinatsiyalash; 


14 
– ish haqi amaliyotining huquqiy mazmunidan kelib chiqib 
menejerlarga mehnatga haq tо‘lash va rag‘batlantirish dasturlari 
mazmunini yetkazish; 
– rag‘batlantirishlar dasturlari mazmunini xizmatchilarga etqazish 
va rо‘yhatga olish; 
– rag‘batlantirishlar bilan bog‘liq muammolarni hal etish; 
– nafaqalarni belgilash; 
– ish haqi bilan bog‘liq muammolarni hal etish bо‘yicha 
rahbariyatga yordam va maslahatlar berish; 
– kadrlarga oid hujjatlarni tizimlashtirish va saqlash; 
– kadrlarni yollash bо‘yicha masalalarni qonunchilik bilan 
mosligini ta’minlash; 
– firmaning kadrlar siyosati va kadrlar dasturi maqsadlari hamda 
asosiy yо‘nalishlarini izzohlash; 
– rahbariyat bilan ushbu dasturlarning bajarilishiga oid amaliy 
masalalarni muhokama qilish. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling