Samarqand davlat universiteti g. S. Pardayeva tarbiyaviy ishlar metodikasi
Download 0.94 Mb.
|
O\'QUV QULLANMA TIM 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eslatma
II BO’LIM. TARBIYAVIY VAZIFALAR
1. O’quvchilarni mehnatda va o’zbek xalqining mustaqil davlat qurishdagi bunyodkorlik ishlarida ishtirokini ta’minlash. 2. Yoshlarni baynalmilal va boshqa xalqlarning qardoshlarcha do’stligi ruhida tarbiyalash. 3. O’quvchilarning o’zlashtirmaslik sabablarini aniqlash va bartaraf etish choralarini belgilash. 4. O’quvchilarni umumiy o’rta ta’limdan keyingi bosqichga tayyorlash. 5. Yuksak ma’naviyat, iymon va e’tiqodli bo’lish, istiqlol g’oyalarini singdirish. 6. Sinfdagi barcha o’quvchilarning bilim darajasini oshirishga erishish. 7. O’quvchilarning ongli intizomi uchun o’qishga va mehnatga to’g’ri munosabati uchun kurash olib borish. 8. O’quvchilar faoliyatini tashkil etishda ularning mustaqilligi va tashabbuskorligini oshirib borish. 9. «Bolalar va o’smirlar uyushmasi»ga kirish uchun tayyorlash. Eslatma: Tarbiyaviy vazifalar o’quvchilarning yosh xususiyatiga qarab o’zgartiriladi. III BO’LIM. O’QUVCHILARGA TARBIYA BERISHNING ASOSIY TURLARI VA SHAKLLARI Sinf rahbari tomonidan o’tkaziladigan barcha tarbiyaviy tadbirlar shu bo’limga kiritilib, sinf tarbiyaviy soatlari deb yuritiladi (yil davomida 30-34 soat dars jadvaliga kiritiladi), u soddalashtirilgan, barcha sinflar uchun qulay quyidagi andozaga tushirilishi mumkin. Avvalgi adabiyotlarda berilgan rejalashtirish chizmasiga «Bajarilish turi» qo’shimcha sifatida kiritildi. Maqsad, rejalashtirilgan mavzu masalan, «Ota-onam - suyangan tog’im» yuzasidan suhbat, kecha, konferensiya uchrashuv, ekskursiya va hokazolar o’tkazish mumkin. Albatta, bu tadbirlarning barchasini bir o’quv yilida o’tkazib, sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasida bu mavzu har yili takrorlanib, bajarilish turi o’zgartirib boriladi. Sinf rahbari mehnatining unumli bo’lishida bu usul ancha samara beradi.
Sinf tarbiyaviy soatlarning mavzulari tubandagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi va yuqoridagi andozaga tartib bilan jamlanadi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling