Samarqand davlat universiteti g. S. Pardayeva tarbiyaviy ishlar metodikasi


Download 0.94 Mb.
bet25/85
Sana24.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1294125
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   85
Bog'liq
O\'QUV QULLANMA TIM 2022

II BO’LIM. TARBIYAVIY VAZIFALAR
1. O’quvchilarni mehnatda va o’zbek xalqining mustaqil davlat
qurishdagi bunyodkorlik ishlarida ishtirokini ta’minlash.
2. Yoshlarni baynalmilal va boshqa xalqlarning qardoshlarcha do’stligi ruhida tarbiyalash.
3. O’quvchilarning o’zlashtirmaslik sabablarini aniqlash va bartaraf
etish choralarini belgilash.
4. O’quvchilarni umumiy o’rta ta’limdan keyingi bosqichga tayyorlash.
5. Yuksak ma’naviyat, iymon va e’tiqodli bo’lish, istiqlol g’oyalarini singdirish.
6. Sinfdagi barcha o’quvchilarning bilim darajasini oshirishga erishish.
7. O’quvchilarning ongli intizomi uchun o’qishga va mehnatga to’g’ri munosabati uchun kurash olib borish.
8. O’quvchilar faoliyatini tashkil etishda ularning mustaqilligi va tashabbuskorligini oshirib borish.
9. «Bolalar va o’smirlar uyushmasi»ga kirish uchun tayyorlash.
Eslatma: Tarbiyaviy vazifalar o’quvchilarning yosh xususiyatiga qarab o’zgartiriladi.


III BO’LIM. O’QUVCHILARGA TARBIYA BERISHNING ASOSIY TURLARI VA SHAKLLARI

Sinf rahbari tomonidan o’tkaziladigan barcha tarbiyaviy tadbirlar shu bo’limga kiritilib, sinf tarbiyaviy soatlari deb yuritiladi (yil davomida 30-34 soat dars jadvaliga kiritiladi), u soddalashtirilgan, barcha sinflar uchun qulay quyidagi andozaga tushirilishi mumkin. Avvalgi adabiyotlarda berilgan rejalashtirish chizmasiga «Bajarilish turi» qo’shimcha sifatida kiritildi. Maqsad, rejalashtirilgan mavzu masalan, «Ota-onam - suyangan tog’im» yuzasidan suhbat, kecha, konferensiya uchrashuv, ekskursiya va hokazolar o’tkazish mumkin. Albatta, bu tadbirlarning barchasini bir o’quv yilida o’tkazib, sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasida bu mavzu har yili takrorlanib, bajarilish turi o’zgartirib boriladi. Sinf rahbari mehnatining unumli bo’lishida bu usul ancha samara beradi.





Tarbiyaviy tad-birlar nomi

Bajarish turi

Vaqti

Mas’ul kishi

Ijrosi haqida

1.

Ota-onam suyangan tog’im

Uchrashuv

Mart oyining
1-haftasi

Sinf ota- onalar qo’mi- tasi raisi

Tadbirga ...ota- ona, ...o’quvchi ishtirok etdi

Sinf tarbiyaviy soatlarning mavzulari tubandagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi va yuqoridagi andozaga tartib bilan jamlanadi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling