Didaktik tashxis maqsadi - o’quv jarayonining samaradorligini aniqlash, baholash va tahlil qilish.
Diniy dunyoqarash mifologiya (afsona) negizida shakllangan va rivojlangan, voqelikning kelib chiqishi, rivojlanishi, istiqbolini xayoliy obrazlar, tasavvurlar va tushunchalarda aks ettiruvchi dunyoqarashdir.
Dogmatik o’qitish - bu jamoa asosida idrok etish faoliyatining ilk turi bo’lib, u o’rta asrlarda keng tarqalgan.
Dunyoqarash - kishilarda olam haqida yaxlit umumlashtirilgan bilimlar, g’oyalar turkumini hosil qiladigan, ularni muayyan ijtimoiy guruhlar, sinflar, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, dav- latlar maqsadidan kelib chiqib baholaydigan va shunga qarab hayotdagi o’z o’rnini, amaliy faoliyat yo’nalishlarini, maqsadlarini aniqlab olishga imkoniyat beradigan ko’p qirrali va sermazmun tushunchadir.
Falsafiy dunyoqarash - bu olam haqidagi yaxlit va tizimlash- tirilgan bilimlar yig’indisidir.
Fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi;
Fanning obekti - shu fan tadqiq etadigan voqeylik qismi ya’ni, o’rganish sathi, maydoni hisoblanadi.
Fanning predmeti- obektdagi bevosita o’rganiladigan aniq soha bo’lib, u o’z xususiyatlari, sifatlari va jihatlariga ega.
Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko’rinishi.
Faollik - tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak muhit bilan o’zaro ta’sirda bo’lishida namoyon bo’ladi.
Fazilat - alohida shaxs, el, elat, xalq, ulusga taalluqli bo’lgan ijobiy axloqiy sifat majmuyi.
Fikr - inson faoliyati uning o’zligini kuch - qudratini o’zagini tashkil qiluvchi ma’naviy-insoniy sifatdir.
Fuqarolik - huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish, ma’lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas’ullik bilan yondashuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma’naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik.
Do'stlaringiz bilan baham: |