Mavzu:O’quvchilarning o’quv faoliyati samaradorligini oshirishda sinf rahbari olib boradigan ish metodi.
Reja:
O’quvchilar bilan muntazam o’quv bilim jarayonida mehnat faoliyatini shakllantirish.
To’garaklar orqali o’quvchilarning o’quv faoliyati samaradorligini oshirish.
Jismoniy tarbiya orqali o’quvchilarda sog’lom muhitni tarbiyalash.
O’quv faoliyati samaradorligini oshirishda o’quvchilar ruhiyatini sog’lomlashtirish metodlari.
O’quv faoliyati samaradorligini oshirishda o’quvchilar bilim jarayonini mehnat faoliyati orqali amalga oshirish yo’llarini reja asosida tashkil qilish, o’quvchilar oilaviy sharoitini yaqindan o’rganish, kam ta’minlangan o’quvchilarga maktab ma’muriyati, ota-onalar hamkorligini yaqindan joriy etish, mehnat faoliyati ko’nikmalarini shakllantirish, sanitariya-gigiyena hodimlarining ish faoliyatini yaqindan biriktirish, o’quvchilarning ruhiy tetikligi ishga teran holda bo’lishini yo’lga qo’yish, o’quvchilar samaradorligini oshirishda o’quvchilarga sinf rahbarining yaqindan yordam berish metodlarini amalga oshirish.
Savollar:
O’quvchilar bilim samaradorligini oshirishda qanday usullardan foydalaniladi?
Jismonan va ruhan sog’lom o’quvchi deganda kimlarni tushunasiz?
Ta’lim- tarbiya va mehnatning bir-biriga bog’liqligi nimada?
Nosog’lom turmush tarzi deganda nimani tushunasiz?
Hozirgi kunda o’quvchi va o’qituvchilar oldiga qo’yilayotgan talablarning asosi nimada?
Mavzu:Maktab o’quvchilari shaxsini har tomonlama kamol toptirish.
Reja:
O’quvchilar tarbiyasida sinf rahbari olib boradigan ishlarning usul va metodlari.
Mutafakkir allomalarimizning farzand kamolotida tutgan o’rni haqidagi fikrlari.
Bola tarbiyasida axloqiy, aqliy, jismoniy, mehnat ko’nikmalarini shakllantirish.
Barkamol shaxsni tarbiyalashda hozirgi kundagi qo’yilayotgan talablar.
Shaxsni tarbiyalashda sinf rahbarining tutgan o’rni, ish metodi yillik reja asosida amalga oshiriladi. A) Maqsadni aniqlab olish, B) O’quvchining shaxsiy faoliyatini aniqlash, V) Eng yaxshi usullar orqali mehnat ko’nikmalarini shakllantirish, ularni hayotga tarbiyalash, G) yangi bilimlar bilan qurollantirish, o’quvchilarda texnologik bilimlarni shakllantirish, ijtimoiy faollikni oshirish. O’quvchilar shaxsini har tomonlama kamol toptirishda “ Ijtimoiy himoya yili” ning ahamiyati.
Savollar:
Tarbiya jarayonida qaysi mutafakkirlarning fikrlaridan foydalaniladi?
Shaxsni kamol toptirishda o’qituvchining tutgan o’rni.
Shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar?
Shaxs shakllanishida tashqi muhitning ta’siri .
Hozirgi davrda o’quvchilar orasidagi har xil oqimlarning bola tarbiyasiga bo’layotgan ta’siri.
An’ana, qadriyat, urf-odatlarning bugungi kunda bola shaxsida tutgan o’rni.
Do'stlaringiz bilan baham: |