Samarqand davlat universiteti german m. V., Yuldashev sh. Q., Usmanova d. Q.,Xalikova L. N


 Elektron tijoratning paydo bo'lishi uchun shart-sharoitlar


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/129
Sana24.09.2023
Hajmi4.58 Mb.
#1687032
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   129
1.3. Elektron tijoratning paydo bo'lishi uchun shart-sharoitlar
Elektron tijoratning paydo bo'lishi uchun iqtisodiy va texnik shartlar mavjud 
bo’lgan. 
Iqtisodiy shart-sharoitlar
XX asr ishlab chiqarishdagi texnologik operatsiyalarni bajarish uchun 
meyoriy vaqtni qisqartirishga doimiy hatti-harakatlar bilan tavsiflangan: 

XX asrning I-chi choragida - ommaviy ishlab chiqarish tamoyillarini joriy etish;

XX asrning II-chi choragida - ishlab chiqarishni kengaytirilgan mexanizatsiyalash

XX asrning III-chi choragida - ishlab chiqarishni avtomatlashtirish;

XX asrning IV-choragida – mahsulotlarni loyihalashtirishi va ishlab chiqarilishini 
moslashuvchan avtomatlashtirilgan tarzda boshqarish. 
Shunday qilib, o'tgan asrda mehnat unumdorligining keskin o'sishi kuzatildi, 
bu esa ijtimoiylashtirilgan mahsulot tannarxidagi ijtimoiy mehnat xarajatlarning 
ulushini sezilarli darajada kamaytirdi. Ammo, oxirgi iste'molchi ushbu yutuqlarni 
to'liq his qilmadi. Nima uchun bunday holat ro’y berdi? Bu ishlab chiqarishning 
kontsentratsiyasining ob'ektiv ravishda avtomatlashtirishi va mexanizatsiyalashi 
natijasida ishlab chiqaruvchining iste'mol bozorlaridan izoqlashganligi sababli sodir 
bo'ldi. Ushbu masofaning tabiati nafaqat geografik, balki tuzilmaviy hamdir.
Tijorat tsiklining asosiy bosqichlari:

tovarlar va xizmatlar bozorini o'rganish;

tovarlar va xizmatlarning xususiyatlarini boshqarish;

tovar va xizmatlarning xususiyatlari to'g'risida bozorni xabardor qilish; 

tovar va xizmatlarning belgilangan xususiyatlaridan foydalanishga bozorni 
tayyorlash; 

tovarlar va xizmatlarga buyurtmalarni qabul qilish, qayta ishlash va bajarish; 

tovar oqimlari va ombor zaxiralarini optimallashtirish;

mijozlar va etkazib beruvchilar bilan o'zaro hisob-kitoblar;

sotishdan keyingi xizmat. 


13 
Shunday qilib, iqtisodiy shart-sharoitlar tijorat tsikllarida yuzaga keladigan 
xarajatlarni kamaytirish va ularni ishlab chiqarish tsikllarini avtomatlashtirish 
natijasida erishilgan standartlarga yaqinlashtirishning ob'ektiv zaruratda edi. 

Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling