Samarqand davlat universiteti german m. V., Yuldashev sh. Q., Usmanova d. Q.,Xalikova L. N


Ular uchun quyida axborot xavfsizligining kompleks tizimini tashkil


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/129
Sana24.09.2023
Hajmi4.58 Mb.
#1687032
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   129
Ular uchun quyida axborot xavfsizligining kompleks tizimini tashkil
qilishning asosiy funksional komponentlari keltirilgan:  

kommunikatsion protokollar; 

kriptografiya vositalari; 

avtorizatsiya va autentifikatsiya mexanizmlari; 

umumiy foydalanish tarmoqlaridan ish joylariga kirishni nazorat qilish 
vositalari; 

viruslarga qarshi komplekslar; 

hujumlarni aniqlash va audit dasturlari; 

foydalanuvchilarning kirishini markazlashgan holda nazorat qilishni 
boshqarish hamda ochiq tarmoqlar orqali ma’lumotlar paketlari va turli 
ilovalarning xabarlari bilan xavfsiz almashinuvi vositalari. 
Internetda taklif etilayotgan texnologiyalarni sekin-astalik bilan standartlashtirish 
jarayonidan o‘tkazayotgan, asosan ko‘ngilli tashkilotlardan tashkil topgan, bir 


116 
qator qo‘mitalar allaqachon mavjud. Ushbu, Internet muhandislari ishchi 
guruhining asosiy qismini tashkil qiluvchi qo‘mitalar (Internet Engineering Task 
Force, IETF) bir nechta muhim protokollarning standartizatsiyasini o‘tkazdilar, bu 
bilan ularni Internetga joriy qilinishini tezlashtirdilar. TCP/IP kabi protokollar 
ma’lumotlarni uzatish uchun, SMTP (Simple Mail Transport Protocol) va POP 
(Post Office Protocol) elektron pochta hamda SNMP (Simple Network 
Management Protocol) tarmoqlarni boshqarish uchun joriy qilingani – bu 
IETFning amalga oshirgan sa’y-harakatlarining bevosita natijasi hisoblanadi. 
Qo‘llanilayotgan himoya mahsuli turi kompaniyaning ehtiyojiga bog‘liq bo‘ladi. 
Internetda xavfsiz ma’lumotlarni uzatish protokollari (SSL, SET, IP v.6) 
keng ommalashgan. Sanab o‘tilgan protokollar Internetda nisbatan yaqin vaqt 
ichida qimmatli axborotni himoyalash zarurati sifatida paydo bo‘lgan va shu zahoti 
de-fakto standartlariga aylangan. Shu o‘rinda, Internet birnecha o‘n yillar avval 
katta 
qiymatga 
ega 
bo‘lmaganilmiy ma’lumotlar almashinuvi uchun 
yaratilganligini eslatib o‘tamiz. 

Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling