Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tardigrada - Imillab yuruvchilar.
2.11. Hashoratlar (Insecta) sinfi
Hashoratlar xaqiqiy quriqlikda yashovchi hayvonlar bo‗lib, tanasi bosh, ko‗krak va qorin qismlarga bo‗lingan. Ular traxeyasi yordamida nafas oladi. Hashoratlar juda xilma xil hayvonlar bo‗lib 2 mln.ga yaqin turlarni o‗z ichiga oladi. Turlar soni jixatdan ular hayvonlarning 70% ni tashqil etadi. Hashoratlar 30 dan ortiq turkimga bo‗linadi. 20 ga yaqin turkimlarining vakillari tuprorq bilan bog‗langan bo‗lib, tuproq biotasining geofil va geoksinllar gruppasiga kiradi.Hashoratlar orasida xaqiqiy geobiontlar kam uchraydi. Tardigrada - Imillab yuruvchilar.Sistematik jihatdan xalqali chuvalchanglar bilan bo‗g‗im oyoqlilar o‗rtasida turadigan juda kichik qanosiz, ba‘zi hashorotlarning lichinkasiga o‗xshab ketadi hashorot hisoblanadi.Eng yiriklarining tana o‗lchami 1 mmdan ortmaydi,ko‗pchilik turlariniki esa milli metrning o‗ndan bir bo‗laklariga teng.Tanasi bilimsiz bo‗g‗imlarga bo‗lingan va yupqa kutikula bilan qoplangan bo‗lib to‗rt juft muskilli bo‗rtmalarga o‗xshash harakatchang tirnoqli oyoqlari bor.Imillab yuruvchilar og‗iz bo‗shlig‗idagi xitinli stiletlar orqali o‗simlik to‗qimasi hujayralari ichidagi borliqni so‗rib oziqlanadi.Yirtqich turlari tuproq nematodalari va og‗iz aylang‗ichlar bilan oziqlanadi. Imillab yuruvchilar yo‗sinlar, lishayniklar va o‗rmon to‗shamalariningorasida nam joylarda hayot kechiradi. Ular gidrobiont mikrofaunaga kirsa ham hayot faoliyatini yo‗qotmasdan qurg‗oqchilikni ham yaxshi o‗tkazadi. Iqlimning yuqor va quyi haroratiga, atmosfyer va tuproq havosi tarkibidagi gazlar 43 konsentrasiyasining o‗zgarishiga chidamli bo‗lganidan tropik o‗rmonlardan tortib shimoliy yarim sharlargacha tarqalgan, yo‗sin va lishayniklar bilan qoplangan yuqori tog‗ hududlaridam yashaydi. Quyidagi Macrobiotus, Hypsibius va Echiniscus avlodlarining va killari keng tarqalgan. Collembola-Oyoqdumlilar yoki kollembolar tuban qanosiz hashorotlar va qalqondor kanalar Oribatei-oribatidalar tuproqning tipik aerobiont mikrofaunasi hisoblanadi.Ularning tuproqdagi biomassasi tuproqning suyuq muhitida yashovchi tipik gidgobiont mikrofauna hisoblanadigan nematodalar va og‗iz aylang‗ichlarnikiga nisbatan bir muncha kam bo‗lib gektariga 1-2 kgni tashqil qiladi.Bu hayvonlarning tuproqdagi soni tuproqning hovo rejimiga, g‗ovakligiga bog‗liq soz tuproqlarga nisbatan quloq tuproqlarda bir muncha ko‗p,yaylov tuproqlarining yuqori qatlamida to‗plangan bo‗lsa haydaladigan tuproqlarning butun haydalma qatlamida tarqalgan. Oyoqdumlilar-primitiv hashoratlar bo‗lib hayotiy shakli tuproq bilan bog‗liq.Ular asosan o‗rmon to‗shamalari orasida yashaydi.Oziqlanish tipiga ko‗ra saprobiontlar bo‗lib o‗simliklarning o‗lik qoldiqlari bilan birga bakteriyalar va zamburug‗ miseliylari bilan oziqlanadi. O‗simlik qoldiqlarining parchalanishi va chirishida ishtrok etib moddalarning tuproq bo‗ylab aylanishida muhim ro‗l o‗ynaydi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling