Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
2.9. Bo‘g‘imoyoqlilar - Arthropoda
tipi Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) sinfi. Arthropoda- Bo‗g‗im oyoqlilar tipiga tanasi qattiq xitin po‗sti bilan qoplangan umurtqasiz hayvolar kiradi. Ularning oyog‗i va tanasi bo‗g‗imlarga bo‗lingan, bosh qismi tanadan yaxshi ajrab turaadi. Bu tipga 2 mln dan ortiq tur kiradi. Yer yuzida tarqalgan bo‗g‗im oyoqlilar jabra, o‗pka va traxeya hamda traxeya bilan nafas oluvchilar kenja tiplariga bo‗linadi. Birinchi kenja tipga qisqichbaqasimonlar sinfi, ikkinchisiga o‗rgimchaksimonlar sinfi va oxirgi kenja tipga ko‗p oyoqlilar hamda hashoratlar sinfi vakillari kiradi. Morfologik tuzilishi,yashash sharoitining xilma- xilligi,turkumlar va turlar sonining ko‗plig bilan umurtqasiz hayvonlar ichidabirinchi 40 o‗rinda turadi.Ular orasida mikro-,mezo- va makrofaunalari uchraydi.Imillab yuruvchilar,kanalar va oyoqdumlilar mikroguruhga mansub hayvonlardir. Qisqichbaqasimonlar sinfiga asosan suvda yashovchi va jabra bilan nafas oluvchi bo‗g‗im oyoqlilar kiradi. qisqichbaqasimonlardan faqat zaxkashlar (Oniscus asellus) quruqlikda yashashga moslashgan. Zaxkashlar tuproq mezafaunasi tarkibiga kiradi. Zaxkashlarning 1000 dan ortiq turi ma‘lum ular yer yuzida keng tarqalgan, deyarli hamma mintaqalarda uchraydi. Ko‗proq nam joyda yashaganlari tufayli ularga shunday nom berilgan. O‗rta osiyo Qozog‗iston va Zakavkazning soz tuproqli soxroli, taqir tuproqlar va daryolarning qadimgi o‗zanlarida yashaydigan zaxkashlarning orqa tamonida qalin taraqsimon o‗simtalari bo‗ladi. Bu o‗simtalarga ishlashib qolgan tuporoq zarrachalari ularni issiq haroratdan saqlaydi. Saxro zaxkashlari kalonniya bo‗lib yashaydi, 1 m 2 maydonda 80 ga yaqin zaxkashlarin uchratish mumkin. Ular chuqurligi 40 - 50 sm ba‘zan 80 sm gacha bo‗lgan in quradi. In qurish bilan birga yoz davomida 1 ga maydonda, 0,5 t tuproqni yer yuziga chiqarish va ini yaqinida 1 t gacha organik moddaga boy eksqrement qoldirishi mumkin. SHuning uchun ularning ini atrofdagi tuproqlar azotga boy bo‗ladi va bu yerda o‗simliklar qalin bo‗lib o‗sadi. Zaxkashlarning tana qoplagichi kalsiyga boy bo‗ladi, ular bu moddani ohak tarkibidan oladi. YOsh va tullagan zaxkashlarning kalsiyga talabi katta bo‗ladi. Ular o‗zi tashlagan qobiqni yoki yosh naslni eyishi mumkin. Saxro zaxkashlari kalsiyli tuproqlarda keng tarqalgan va tuproqdagi kalsiy miqdorining indikatorlari hisoblanadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling