Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

3.6. Bakterialarning morfologiyasi 
Yaqingacha bakteriya hujayrasi sfyera, silindr yoki spiral shaklga ega 
deb qaralgandi. Bakteriyalar – lotincha so‗z bo‗lib, tayyokcha degan 
ma‘noni bildiradi. Bakteriyalar odam va hayvonlarning kasallanishlariga 
sababchilar orasida katta o‗rin to‗tadi. Ular kengroq o‗rganilgan shuning 
uchun bakteriyalarni tasvirlashga ko‗prok e‘tibor beriladi. Bakteriyalar bir 
hujayrali xlorofillsiz prokariot turli organizmlardir. Tashqi ko‗rinishi 
jihatidan to‗rtta asosiy guruhlarga bo‗linadilar: 
1. 
Kokkalar - sharsimonlar. 
2. 
Bakteriyalar va basillalar-tayyoqchasimon. 
3. 
Vibrion va spirillalar-buqilgan va spiralsimon. 
4. 
Xlomidobakteriyalar- ipsimon guruhlarga bo‗linadi. 
Kokkalar (lotincha kokus-don) sharsimon bakteriyalardir. O‗zaro 
joylashishiga qarab qo‗yidagilarga bo‗linadi: 
A. 
Monokokkalar-(mono-grekcha so‗z bo‗lib, bir yakka ma‘nosini 
bildiradi) bo‗lingandan keyin har kaysisi aloxida joylashadi. 
B. 
Diplokokklar (di-grekcha so‗z bo‗lib, ikki juft degan ma‘noni 
bildiradi) bir tekislikda bo‗linadi va juft-juft bo‗lib joylashadi. 
V. Tetrakokkalar-( tetra –grekcha to‗rtta o‗zaro pyerpendiqo‗lyar ikki 
tekislikka bo‗linadi va to‗rttadan joylashadi.) 
G. Streptokokkalar-( streptus-grekcha so‗z bo‗lib, zanjir ma‘nosini 
bildiradi) zanjirsimon joylashgan kokkalardir. 
D. Sarsinalar – (sarsio-lotincha so‗z bo‗lib, bog‗layman ma‘nosini 
bildiradi) o‗zaro pyerpendiqo‗lyar, uch tekislikka bo‗lingan kokkalar, ular 
8-16dan to‗p-to‗p bo‗lib joylashadi. 


61 
S. Stafilokokalar-(stafilokokkuz-lotincha so‗z bo‗lib, shingil ma‘nosini 
bildiradi). Tartibsiz bo‗linib, uzum shingili shaklida joylashadi(1-rasm). 
Tayokchasimon – o‗z navbatida uchga bo‗linadi: bakteriyalar, spirilla 
va spiroxetalar. 
Bakteriyalarga spora hosil qilmaydigan, basilalarga spora hosil 
qiladigan tayoqchasimon mikroorganizmlar, klostridiyalarga ham spora 
hosil qiladigan ipsimon, tayoqchasimonlar kiradi. Tayokchasimon 
bakteriya va basilalar kokklar singari uzunasiga juft-juft bo‗lib 
joylashganda, diplobakteriyalar yoki diplobasilalar deyiladi, zanjir bo‗lib 
joylashsa, streptobakteriyalar yoki streptobasilalar deb ataladi. 
Tayoqchasimon bakteriyalarning ayrimlari tashqi ko‗rinishi bilan bir-
biridan ancha farq qiladi. Qat‘iyan silindir shaklidagi bog‗chasimon, 
uchlari tuntoq va shunga o‗xshash tayoqchalar ma‘lum. 
Klostridiyalar ( klostyer-grekcha so‗z bo‗lib, yig‗ ma‘nosini bildiradi) 
bu gruppaga spora hosil qiladigan va spora hosil bo‗lishda ularning o‗rtasi 
kengayib yoy shaklini oladigan mikroorganizmlar kiradi. 
Spiralsimon bakteriyalar-bularga vibrionar (vibrio-lotincha so‗z bo‗lib, 
buralgan ma‘nosini bildiradi) Ikki-uch va hatto beshtagacha buramali 
mikroorganizmlar kiradi. 
Xlomidobakteriyalarda odam va hayvonlarda kasallik ko‗zg‗atadigan 
mikroorganizmlar bo‗lmaydi. Ularga tiniq suv omborlarida yashaydigan 
oltingugurt va temir bakteriyalar kiradi. 
Elektron 
mikroskop 
va 
ultramikrotom 
kashf 
qilinguncha, 
mikroorganizmlarning tuzilishini o‗rganish qiyin bo‗ldi. Bakteriya 
hujayrasi qobik, protoplazma va o‗zakli moddalardan iborat. Bulardan 
tashqari, ayrim bakteriyalarda doimiy bo‗lmagan harakatlanish organlari- 
xivchinlar, noqulay sharoitida tyerining saqlab qolish vazifasini 
bajaradigan g‗ilof ham bo‗ladi. 


62 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling