Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Mikroorganizmlarning klassifikasiyasi, morfologiyasi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.5. Mikrorganizmlar sistemktikasi
3.4. Mikroorganizmlarning klassifikasiyasi, morfologiyasi
tuzilishi va ko‘payishi Mikroorganizmlar yer yuzida juda ko‗p va keng tarqalgan. Mikroorganizmlarning ko‗pchiligi bir hujayralidir. Bakteriya hujayrasi tashqi muhtdan hujayra po‗sti, bazan esa faqat sitoplazmatik membrana bilan ajralib turadi. Hujayra ichida har xil strukturalar mavjud. Hujayra tuzilishiga qarab organizmlarning ikki tipi mavjud. Bular eukariot va prokariot hujayrali organizmlar. Yadro apparati sodda (diffuz holdagi yadroga ega) bo‗lgan mikroorganizmlar prokariotlar deyiladi. Eukariotlarga zamburug‗lar, suv o‗tlari, sodda hayvonlar – protistlar kirsa, prokariotlarga bakteriyalar va ko‗k-yashil suv o‗tlari (sianobakteriyalar) kiradi. Eukariot hujayrada yadro va unda 1-2 yadrocha, xromasomalar (DNK, oqsil), mitoxondriy, fotosintez jarayonini olib boruvchi organizmlarda esa xloroplastlar, Goldji apparatlari mavjuddir. Prokariot hujayralarda yadro bilan sitoplazma orasida aniq chegara yo‗q yadro membranasi bo‗lmaydi. Ularda DNK maxsus strukturaga ega emas. Shuning uchun prokariotlarda mitoz va meyoz jarayonlari amalga oshmaydi. Mitoxondriya va xloroplastlarga ega emas. Mikroorganizmlar bizning planetamizda birinchi tirik mavjudodlar bo‗lishgan. Uch milliard yilga yaqin davr oldin ular yerning qadimiy qobig‗i – mikroorganizmosfyerani tashqil qilishgan. Bularning biomasasi o‗simlik va hayvonlarning summar biomassasidan ortiq bo‗ladi. 58 3.5. Mikrorganizmlar sistemktikasi Zamonaviy klassifikasiya mikroorganizmlarni atroflicha o‗rganib, ularning barcha xususiyatlarini bilishni taqozo etadi. Buning uchun mikroorganizmlarining tashqi va ichki strukturalari, fiziologo — biokimyoviy xususiyatlari, mikroorganizmlar yuzaga keltiradigan jarayonlarini bilish zarur bo‗lib ularning quyidagi xususiyatlari asos qilib olinadi: 1. SHakli va o‗lchami; 2. Harakati (xivchinlarining bor — yo‗qligi va joylanishi); 3. Kapsulasi; 4. Endospora hosil qilishi; 5. Gram usulida bo‗yalishi; 6. Modda almashinishi; 7. Energiya olish; 8. Tashqi muhtni o‗zgartirishi; 9. Tashqi muhtning mikroorganizmga tasiri. Mikrobiologiyaning rivojlanishi mikroorganizmlar tavsifini yanada chuqurroq bilishni talab etdi. SHu vaqtgacha fenotip xususiyatlari asosiy hisoblangan bo‗lsa, endi genotip xususiyatlarini ham o‗rganish kerak bo‗ldi. Mikroorganizm xususiyatlari aniq o‗rganilgandan so‗ng, unga K. Linney taklif qilgan binominal nomenklatura talabi kabi ikki lotin atamasidan tashqil topgan ilmiy nom beriladi. Birinchi atama — avlod nomini belgilab, mikroorganizm morfologiyasi yoki fiziologiyasi yoki shu avlodni kashf etgan olimning ismi-sharifi yoki ajratib olingan muhtni ifodalaydi. Ikkinchi so‗z esa kichik harfda yozilib mikroorganizmni koloniyasining rangi, kelib — chiqish manbaini, yoki shu mikroorganizm yuzaga keltiradigan jarayon yoki kasallikni yoki boshqa farqlovchi belgilarni bildiradi. Masalan, Basillus albus. Birinchi so‗z — Basillus - spora hosil qiluvchi tayoqcha, Gram musbat kabi 59 xususiyatlarni anglasaa, ikkinchi so‗z - albus - koloniya rangining oq ekanligini bildiradi (albus- oq). Mikroorganizmlarga 1980 yil 1 yanvarda Halqaro bakteriya nomenklaturasi kodeksi koidalariga asosan nom beriladigan bo‗ldi. Mikroorganizmlarni yaqin belgilariga qarab guruhlash uchun tur (species), avlod (genus), oila (familia), tartib (ordo), sinf (klassis), bo‗lim (divisio), saltanat yoki olam (regnum) kabi taksonomiya kategoriyalari ishlatiladi. Tur deb, fenotipik o‗xshashlikga ega bo‗lgan bir genotipga mansub individlar yig‗indisini bildiruvchi taksonomik birlikga aytiladi. Ular kichik tur va variantlarga bo‗linadi. Mikrobiologiyada shtamm va klon kabi terminlar ham ishlatilib shtamm deganda har xil tabiiy muhitdan (suv havzasi, tuproq va hokazo) yoki bir muhitdan har xil muddatda ajratilgan yoki har xil ekologik muhit yoki geografik xududdan ajratib olingan bir to‗rga kiruvchi mikroorganizmlar guruhi tushuniladi. Klon — bir hujayradan olingan mikroorganizm kulturasidir. Bir to‗rga kiruvchi individlarning to‗plami — (populyasiyasi) toza kultura deyiladi. Mikrobiologiya, mikroorganizmlar evolyusiyasi va filogeniyasi haqida malumot etarli bo‗lmaganligi sababli, yuqori o‗simliklar va hayvonlar singari, tabiiy sistematikaga ega emas. SHuning uchun ham, mikroorganizmlarni sistematikasi suniy bo‗lib mikroorganizmlarni tashhis qilish va ularni identifikasiya qilish uchun xizmat tayoqcha- aniqlagich vazifasini bajardi. Quyida biz, D.X.Beyrigkning 1984 yilda 9 martda nashr etilgan "Bakteriyalar aniqlagichi" da keltirilgan eng muhim mikroorganizmlarining qisqacha tavsifini Mishustin (1987) tarifi bo‗yicha keltiramiz. Aniqlagichda jami mikroorganizmlar Procariotae dunyosiga birlashtirilib, u o‗z navbatida to‗rt bo‗limga, bo‗limlar esa sinflarga, tartiblarga, oilalarga, avlodlarga va turlarga bo‗linadi. 60 Mikroorganizmlar asosan, hujayra devorining boryo‗qligi va ularning turiga qarab bo‗limlarga, sinf va undan mayda (kichik) taksonomik birliklar esa mikroorganizmlarning morfologiya, fiziologo — biokimyoviy belgilari yig‗indisiga qarab bo‗lingan. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling