Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

3.3. Mikroorganizmlarni 
o‘rganish 
usullari. 
Oziqa 
muhit 
turlari 
1903 yilda ultramikroskop kashf etiladi, unda qiyshiq tushgan 
nurlarda, yorug‗likda aks etishi natijasida qorong‗i maydon kichkina 
ob‘ektlar ko‗rinadi. Qora maydonda xivchinlar va ba‘zi hujayra bo‗laklari 
ko‗rinadi. Qora maydondan foydalanishda, maxsus kondensor qo‗llaniladi. 
Uning oldingi linzasining markazi qoralashtirilgan shu sababli nur unga 
qiyshiq tushadi. 
Faza kontrast. Mikrobiologik tadqiqotlari uchun faza kontrast kashf 
etilishi muhim ahamiyatga ega. Faza kontrast yordamida bo‗yalmagan tirik 
preparatlar qo‗rish imkoni tug‗iladi. Preparat qalin va optik jihatdan 
zichligi bilan ajraladi. Maxsus moslama yordamida kuzga ko‗rinmaydigan 
faza o‗zgarishlarini, ob‘ektning turli zichligi tufayli kuzga ko‗rinadigan 
holatga o‗zgartiradi. 
Flyuoressent mikroskopiya. Ultrabinafsha nurlari yordamida 
birlamchi yoki spontan preparat flyuoressiyasini kuzatish mumkin.
Bunda bakteriyalar maxsus 


54 
bo‗yoq- flyuroxromlar bilan bo‗yaladi, ular yorig‗likda uzun to‗lqinli 
nurlar chiqaradilar, natijada hujayralarni kimyoviy tarkibiga qarab ajrash 
imkoni paydo bo‗ladi. Ko‗pchilik floroxromlar mikroorganizmlar uchun 
zararsiz shu sababli ularni tirik holda ham kuzatish mumkin. Bu usulda 
oddiy ko‗k lampa yorug‗ligidan ham foydalanish mumkin, buning uchun 
yorug‗lik ko‗k yorug‗lik diametri orqali o‗tkazdiriladi. 
Flyuoressensiya usuli yordamida o‗lik hujayralarni tiriklaridan ajratish 
mumkin. 
Elektron mikroskop. Elektron xodisalar fizikasini rivojlanishi, 40 chi 
yillarda elektron mikroskop kashf qilishiga sabab bo‗ldi.Elektronlar oqimi 
to‗lqin uzunligi,yorug‗lik to‗lqin uzunligiga nisbatan bir necha marta 
qisqa,shu sababli juda kichkina detallarni qo‗rish mumkin.SHisha linzalar 
o‗rniga «elektron linzalar»yani elektron magnit maydon ishlatiladi. 
Elektronlar kuchli tarqalish va yutish xususiyatga ega bo‗lganliklari sababli 
turli malekulalar tomonidan yutiladi, shu sababli hamma sistema baland 
vakkumga (simob ustuniga nisbatan 10
-4
mm) solinadi. Obekt 
suvsizlantirilishi lozim, aks xolda suv qaynab ketishi natijasida obekt 
bo‗ziladi. Obektni elektronlar oqimi bilan nurlantirilganda, unda termik va 
radiasion o‗zgarish kuzatiladi. Ruxsat etilgan masofa, yani zarrachalar 
orasidagi masofa, zamonaviy elektron mikroskoplar uchun 10 
o
A bo‗lib 
unda 100 ming marotaba kattalashtiriladi.Odatda mikrobiologiyada 10- 30 
ming marta kattalashtirishdan foydalanadilar.Elektron mikroskop virus va 
faglarning tuzilishi va korpuskulyar tabiatini aniqlash imkonini berdi, lekin 
ichki submikroskopik tuzilishini aniqlashga imkon bermaydi. 60 70 
yillarda shved olimi SHestrond ultrakesma olish uchun maxsus mikrotosh 
yaratadi. Unda metallarni harorat tasirida kengaishi prinsipidan 
foydalangan bo‗lib, 100 -150
o
A qalinlikdagi kesmalar olish imkonini 
beradi. Bu o‗z navbatida mikroorganizmlar virus va faglarning ichki 
tuzilishini o‗rganish imkonini beradi. 
Lui Pastyer davridayok styerilizasiya va toza kultura usullaridan keng 
foydalanilgan. Bir to‗rga kiruvchi bakteriyalar kulturasi toza kultura 
deyiladi. Toza 


55 
kulturalar olish orqali bakteriyalar morfologiyasi, rivojlanishi va 
fiziologo- biokimyoviy xususiyatlari o‗rganladi. 
Bir turdagi bakteriya individlarining yig‗indisi bakteriya kulturasi 
deyilib, ulardan toza kulturani ajratish uchun odatda har qanday namuna 
mikroorganizm yoki bakterial kulturadan har xil suyultirilgan namunalar 
tayyorlanadi va ularni qattiq oziqa muhtiga eqiladi Ularni malum muddat 
termostatda optimal haroratda o‗stirilganda ayrim-ayrim bakteriya 
koloniyalari hosil bo‗ladi. Ana shu koloniyalar nazariy jihatdan bir 
bakteriya hujayrasidan hosil bo‗lgan individlar yig‗indisidan iborat bo‗lib, 
ularning o‗lchamlari, shakllari va boshqa xususiyatlari bir xil bo‗ladi.. 
Amaliyotda toza bakteriya kulturasini olish uchun suyultirilgan namuna 
qattiq oziqa muhtiga bir necha marta «o‗kazilib», mikroskop ostida 
ularning morfologiyasi kuzatiladi va boshqa xususiyatlari o‗rganiladi. 
Mikromanipulyator yordamida har bir hujayradan toza bakteriya 
kulturasi tayyorlanadi. 
Toza kultura olish maqsadida ozuqali muhitlardan foydalaniladi. Ikki 
xil ozuqali muhitlar ajratiladi: 
1. 
Tabiiy ozuqa muhiti. 
2. 
Sun‘iy ozuqa muhiti. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling