Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

Kapsulaning kimyoviy tuzilishi.Kapsula geteropolisaxarid bo‗lib 
uning tarkibi 90% suvdan iborat, polisaharid, polipeptid, lipid 
(tuberqullyoz bakteriyalarda) birikmalaridan tashqil topgan. 
Kapsulali bakteriyalar kapsulasiz bakteriya yashay olmaydigan 
muhtlarda ham yashay olishi mumkin. 
G‗ilof shilimshiq moddalardan iborat bo‗lib, uning tarkibida 
polisaxaridlar, glyo‗kaproteidlar va 98% gacha suv bor. G‗ilof bakteriyalar 
organizmiga kirganda yoki qon qo‗shilgan suniy oziq muhitlarida 
o‗stirilganda hosil bo‗ladi. U bakteriyalarni ximoya qilish vazifasini 
bajaradi va bakteriyalarni qon leykositlari tomonidan yutilishidan va yo‗q 
qilinishidan, Ya‘ni fagositozdan, antitellalardan saqlaydi. G‗ilof ayrim 
bakteriyalarning turlarini aniqlab olishda diagnostik belgi vazifasini 
bajaradi. 
Ko‗pchilik tayoqchasimonlar va ayrim kokkalar kapsulalarida uch-
to‗rtta bakteriya joylashadi. Bitta kapsulada bir nechta bakteriyalarning 
bo‗lishi zoogleya deyiladi. 


69 
3.7. Bakteriyalarning spora hosil qilishi. 
Bakteriyalarning 
Bacilius, 
Clostridium, 
Desulfotomaculum 
avlodlariga kiruvchilari, ayrim kokkilar, spirillalar endosporalar hosil 
qiladi Sporalarning shakli yumaloq yoki ellipsimon. Ular tashqi muhtga 
chidamli bo‗ladi. Sporalar mikroskop ostida kuzatilganda nur sindiradi va 
shuning uchun yaltirab qo‗rinadi. Odatda bakteriya hujayrasi bitta spora 
hosil qiladi Ammo Clostridium ning bazi turlarida bir va undan ko‗p 
sporalar hosil bo‗lishi aniqlangan. Bakteriyaning oziqa muhtidan kerakli 
moddalarni olish qiyinlashsa yoki modda olmashinuvida ko‗p mahsulotlar 
hosil bo‗lsa spora hosil qiladi 
Demak, spora hosil qilish bakteriya hujayrasi uchun noqulay sharoitga 
moslashishdir. Spora hosil bo‗lishi o‗sish sharoitga bog‗liq . Sporalar 
vegetativ hujayralar nobud bo‗ladigan sharoitlarda ham tirik qoladi. Ular 
quritishga, bir necha soat qaynatishga ham chidamli bo‗ladi. 
Spora hosil qiluvchilar ko‗pincha havo, suv va hayvonlarning tanasida 
yashovchi saprofit mikroorganizmlardir. Ammo parazit holda yashovchi 
mikroorganizmlarning ba‘zilari ham spora hosil qila oladilar (qoqshol, 
batulizm, kuydirga va b.). 
Spora hosil bo‗lish to‗rt boskichdan iborat: 
1.Tayyorlanish bosqichi. 2.Spora oldi bosqichi. 
3.Qobiq hosil bo‗lish bosqichi. 4.Yetilish 
bosqichi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling