Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

3.11. 
Virusli kasalliklar 
Virusli kasalliklar tabiatda keng tarqalgan bo‗lib, yer sharining 
istalgan joyida ma‘lum, ular ekinlarga katta zarar etkazadi. 
Virus o‗n millionlab virus zarrachalaridan (yirik molekulalardan) 
iborat va qatiy tartib bilan joylashgan kristallar hosil qilishi mumkin. 
Noaktav (tinim holatidagi) virus bir necha yil davomida hayot belgilarini 
namoyon qilmasligi mumkin. Tamaki mozaykasi virusi uning quruq 
barglarida 50 yilgacha va undan ham uzoq noaktiv holatda saqlanishi 
mumkin. U tirik hujayraga tushishi bilan aktivlashib ketadi. 
Virusning o‗z energiya manbai bo‗lmasligi va u oziqni mustqqil, 
qayta ishlab o‗zlashtira olmasligi uchun o‗zining tirikligini taminlay 
olmaydi. Uning tarkibidagi nuklein kislota o‗simlik hujayrasiga tushib, uni 
«o‗zi uchun ishlashga» majbur etadi. Bunda normal hujayradagi ximiyaviy 
jarayon, tormozlanadi, virus ko‗payishi uchun zarur bo‗lgan ximiyaviy 
jarayon kuchayadi. Bu vaqtda u tirik mavjudotlarning ikkita asosiy 
xususiyatini namoyon qiladi: u o‗ziga o‗xshash individlar hosil qiladi va bu 
jarayon davomida turg‗un irsiy o‗zgarishlarga, yani mutasiyaga
qobiliyatli bo‗ladi. 
Yangi virus zarrachalari hosil bo‗lishida virus komponentlari 
hujayrada alohida-alohida sintezlanadi va shundan keyingina etuk virus 
zarrasiga to‗planadi. 
Odam kasalliklarining anchasini, o‗simlik va hayvonlarning yuzlab 
kasalliklarini viruslar qo‗zg‗atadi. Viruslar nihoyatda ko‗p suyuqlikka 
aralashtirilganda ham aktivligini yo‗qotmaydi, masalan, tamakining oddiy 
mozaykasi virusi 109 marta suyultirilganda ham o‗simliklarni zararlash 
xususiyatini yo‗qotmagan. Ayrim infeksiya davrida hujayralarda viruslar 
soni juda ko‗payib ketadi. Tamaki mozaykasi bilan zararlangan tamaki 
bargida barg vaznining 10% ni 


81 
(quruq modda hisobida) virus tashqil etadi, 1 l o‗simlik shirasida esa 
taxminan 2 g virus bo‗ladi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling