Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Tamaki mozaikasi virusi tuzilishi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

Tamaki mozaikasi virusi tuzilishi. Bu virus ilk kashf etilgan virus 
bo‗lib, oddiy viruslar guruhiga kiradi. U boshqa viruslarga nisbatan 
mukammal o‗rganilgan. Bu virusning tayoqchasimon shaklga ega 
ekanligi, 1933 yilda amerikalik olimlar Takaxashi va Rouliriz tomonidan 
sog‗ va kasallangan o‗simlik shiralarini solishtirib o‗rganish asosida 
aniqlangan. Keyinchalik amerikalik olim Stenli tamaki mozaikasi 
virusining sof preparatini olib, virusning uzunligi 300 nm va eni 18 nm 
molekulyar massasi esa 40 000 000 ekanligni aniqladi. 
Oqsil hamda nuklein kislotasi har tomonlama o‗rganilib, bu virus 
tarkibida molekulyar og‗irligi bir xil (18 000) oqsil va molekulyar 
og‗irligi 2 000 000 bo‗lgan 


77 
nuklein kislota borligi aniqlandi. Nuklein kislota virus oqsili bilan 
muhofaza qilinadi. Virus zarrasi ichida, spiralsimon joylashgan bitta 
nuklein kislota, uning tashqarisida esa 2200 subbirliklardan tashqil topgan 
oqsil parda bor. 
Oqsil subbirliklari ham virus zarrasi o‗qi atrofida spiralsimon bo‗lib 
joylashgan. Virus zarrachasining 95% oqsil, 5%ni esa nuklein kislotasi 
tashqil qiladi. Ammo, nuklein kislota miqdor jihatidan kam bo‗lsada, 
virus 
zarrachalarining 
xususiyati 
unga 
bog‗liq. 
Agar 
virus 
zarrachalaridan nuklein kislotalarini kimyoviy yo‗l bilan ajratib olib, uni 
sog‗lom tamaki bargiga yuqtirilsa, sog‗ tamakida xuddi butun virus 
zarrasi yuqtirilgaridek, kasallik alomatlari ko‗rinadi. Sog‗lom tamaki 
bargiga virus oqsili yuqtirilsa, hech qanday kasallik alomatlari 
kuzatilmaydi. Shunga qaramay kasallantirish jarayonida oqsil ham 
ma‘lum rol o‗ynaydi. U nuklein kislotani tashqi muhitdan muhofaza 
qilish bilan bir qatorda kasallantiradigan hujayra bilan virus orasidagi 
munosabatlarda muhim ahamiyatga ega. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling