Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
8-rasm. Bakteriofag tuzilishi.
Faglar suvda, tuproqda va boshqa tabiiy manbalarda uchraydi. Medisinada faglar kasalliklarni oldini olishda ishlatiladi. Bakteriofag medisina va veterinariyada turli maqsadlarda, masalan, bir qator kasalliklarni davolash uchun qo‗llaniladi. Kasalni bakteriofag bilan davolash fagoterapiya deyiladi, kasallikning oldini olish maqsadida qo‗llanilsa fagoprofilaktika va kasallikni aniqlash uchun qo‗llanilsa fagodiagnostika deyiladi. Bakteriofag uchburchak dizentyeriya, vabo, qorin tifi, parazitlari, kaib bakterioz kasalliklarining oldini olishda hamda jaroxatli infeksiyalarni 79 qo‗zg‗atuvchilari — streptokokk, stafilokokk, gazli gangrenalarga qarshi kurashishda ham qo‗llaniladi. Qo‗llaniladigan bakteriofag bir turli mikroorganizmning birgina tipiga tasir etadigan (monovalentlik) yoki mikroorganizm ko‗p tiplik bo‗lsa, uning hamma tiplariga ham tasir etadigan (polivalentlik) bo‗lishi mumkin. Monovalentlik fagdan ko‗ra polivalentlik fag ko‗proq ishlatiladi. Bakteriofag bazan suyuq holda, bazan quritilgan tabletka shaklida suv bilan o‗tkaziladi. Davolash yoki kasallikning oldini olish uchun ishlatiladigan fagni hayvonga ko‗chirish mumkin. Fag yaraga poroshok holida sepiladi va fag aralash suvga dokani ho‗llab yaraga bog‗lash mumkin. Bazan fag yaraning atrofiga ukol qilinadi. Anaerob infeksiyasida fagni hayvon qon tomiriga yuborish ham mumkin. Fagni hayvonga ichirishdan oldin uning oshqozondagi HCl ni neytrallash kerak. Bu qoidaga amal qilinmasa, fag HCl tasirida uz kuchini yo‗qotadi va tasir etmaydi. Hayvon oshqozonidagi HCl ni neytrallash uchun osh sodasining 5% li eritmasidan 25-50 g unga ichirish shart. Hayvonga ichirilgan bakteriofag ichaklarda 7—8 kungacha saqlanishi mumkin. Fag yordamida diagnoz qo‗yish uchun avvaldan malum bakteriofag bilan nomalum mikroorganizmga tasir etib sinab qo‗riladi. Agar mikroorganizm shu bakteriofag tasirida emirilsa, demak bu mikroorganizm shu bakteriofagning spesifik xususiyatiga mos kelgan bo‗ladi. Shu yo‗l bilan fagga qarab nomalum mikroorganizmni identifikasiya qilish va natijada kasallik diagnozini fag yordami bilan aniqlash mumkin. Laboratoriya sharoitida bazan kasallikni qo‗zg‗atuvchi mikroorganizmni topish juda qiyin yoki sira topilmasligi mumkin. Bunday vaqtlarda fag diagnostikasidan foydalanib, kasallikni aniqlasa bo‗ladi. Tekshirilgan matyerialdan filtrat olinadi, u kasallik qo‗zg‗atuvchi bilan tasir etqizilganda unda lizis holati ro‗y bersa, spesifik fag borligi aniqlanadi va shunga asoslanib kasallikning diagnozi tasdiqlanishi mumkin.. 80 Fag yordamida kuydirgi, biyalarning yuqumli kasallikdan bola tashlashi, dizentyeriya, brusellyoz va boshqa kasalliklarning qo‗zg‗atuvchisi aniqlanadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling