Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
1.
Tayoqchasimon viruslar. Bu guruhga kiruvchi viruslar to‗g‗ri, bukilmaydigan, mo‗rt, silindr shaklida bo‗lib, ular tamaki chiporlanish kasalligi viruslari guruhi deyiladi. Bu guruhga uzunligi 130- 300 nm, eni 20 nm ga yaqin viruslar kiradi. 2. Ipsimon viruslar. Ipsimon viruslar zarrachalari oson bukuluvvchan, elastik va bir-biri bilan matashish xususiyatiga ega bo‗ladi. Ipsimon viruslarning eni 10 nanometr atrofida bo‗lib, uzunligi 1 mikronga etishi mumkin. Viruslarning ipsimon shakli faqat o‗simlik virusiga xos deb hisoblanar edi. Ammo keyingi vaqtlarda DNK va RNK tutuvchi bakteriofaglarning ham ipsimon shakllari topildi. 3. Sharsimon viruslar. Bu guruhga juda ko‗p hayvon, o‗simlik, hashorat, zamburug‗, suvo‗tlari va bakteriofag viruslari kiradi. Sharsimon virus zarralari ikosaedr tipida bo‗ladi. Bu xil virus zarralarining diametri 20 nm dan 130 nm gacha etishi mumkin Bu guruhga bakteriya, o‗simlik, hayvon va odamlarda kasallik tug‗diruvchi viruslar kiradi. 4. Tuxumsimon (uzunchoq oval) viruslar. Bu guruhga kiruvchi viruslardan beda chiporlanishi virusini (20 X 60 nm) ko‗rsatish mumkin. 5. Murakkab viruslar. Bu guruhga biologiyasi va morfologiyasi juda xilma 76 xil, yuqorida keltirilgan viruslardan o‗zining murakkab tuzilishi bilan farqlanadigan viruslar kiradi. Miksoviruslar (gripp, OIS virusi, qushlar o‗lati virusi va boshqalar) shu guruhga kirib, ancha katta (100-250 nm) va kompleks struktura hosil qiladi. Miksoviruslarga xos xususiyatlardan biri polimorfizm va virus zarrachasi ichida spiral strukturasiga ega nukleoproteid ipining borligidir. Kolbasimon viruslar ham murakkab viruslar guruhiga kirib, virus zarrasiga ikki morfologik - bosh va dum qismi borligi bilan harakterlanadi. Bu guruhga ko‗pgina bakteriya, aktinomisset viruslari chechak va ba‘zi hayvon viruslari kiradi. Hozirgi vaqtda fizik-kimyoviy, fizika va immunokimyo metodlari yordamida viruslarning nozik strukturalari o‗rganilmoqda. Viruslar morfologiyasi va ultrastrukturalarini o‗rganishda, ayniqsa elektron mikroskop muhim ro‗l o‗ynaydi. Tadqiqot natijalaridan ma‘lum bo‗lishicha, etilgan virus zarrachalari - virionlarini asosan ikki to‗rga: oddiy va murakkab virionga bo‗lish mumkin. o‗z navbatida oddiy virionlarning ikki tipi mavjud bo‗lib, bulardan birinchisi sferasimon, ikkinchisi esa tayoqchasimon viriondir. Tayoqchasimon virionlar o‗z navbatida tayoqchasimon va ipsimon viruslarga bo‗linadi. Virionning oqsil pardasi ko‗pincha kapsid, ichidagi nuklein kislotasi bilan birga nukleokapsid deb ataladi. Kapsidni tashqil qiluvchi elementlar kapsomyer deyiladi. Kapsomyerlar bir xil polipeptid zanjirlaridan tuzilgan agregatlardir. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling