Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Viruslar haqida tushuncha va ularni o‘rganish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
3.8. Viruslar haqida tushuncha va ularni o‘rganish
Viruslarni birinchi marta 1892 yilda rus botanigi D.I.Ivanovskiy tamaki o‗simligining kasalligini o‗rganish jarayonida kashf qildi. Virus bilan kasallangan o‗simlik barglari virus tasirida xloroplastlarning buzilishi, xlorofil sintezining o‗zgarishi natijasida bargning ba‘zi qismlari rangsizlanadi va bargning umumiy ko‗rinishida chiporlanishi (mozaika) alomati kuzatiladi kasallik alomati bor o‗simlikdan shira ajratib olinib, mazkur shirani bakteriyalarni ushlab qoluvchi filtrdan o‗tkazganda filtrdan o‗tgan suyuqlik yuqumli xususiyatni saqlaydi. Demak bu kassalikni qo‗zg‗atuvchi bakteriyalardan ham mayda ekanligi aniqlandi. Shu bilan birga D.I.Ivanovskiy kasal o‗simliklar hujayrasida virus kristallarini aniqladi. Tuproqda ham bir qancha viruslar uchraydi. O‗simlik viruslari bilan kasallangan barg, poya, ildiz qoldiqlari, o‗simlik urug‗lari hamda tuproqda yashaydigan nematodalar tashib o‗tkazadigan viruslar, tuproq orqali tarqaladigan bug‗doy mozayikasi, virusi kabi viruslar uchraydi. Shu bilan bir qatorda dukkakli o‗simliklar tuganak bakteriyalarnining bakteriofaglari, hamda poliedroz kasalligini qo‗zg‗atuvchi hashorat 72 viruslari hamda odam va hayvon viruslaridan qutirish va boshqa hayvon qoldiqlarida uchraydigan viruslar tuproq biotasiga kiradi. 1898 yili gollandiyalik olim Beyyerik ―virus‖ atmasini fanga kiritdi. Shu yildan boshlab bir qaicha o‗simlik hayvon boshqa organizm viruslari kashf qilina boshlanadi: 1898 yil yashur, 1901 yil sariq bezgak, 1909 yil polimielit, 1911 yil Rus sarkomasi 1912 yil gerpes, 1931 yil cho‗chqalar va otlar virusi kabi birqancha viruslar kashf qilindi. Viruslarning o‗lchami 20-300 nm, gacha bakteriyalardan 50 marta kichikroq keladigan eng mayda trik organizmlar hisoblanadi. Viruslar tuzilishi oddiy bo‗lib DNK yoki RNK dan iborat gentik matyerialdan va uni o‗rab turuvchi kapsid deb ataladigan oqsildan tuzulgan ximoya qobig‗i bor. To‗liq shakillangan infeksion qismi – virion deb ataladi. Ba‘zi murakkab tuzilgan (gripp yoki gerpes) xo‗jayin hujayraning plazmatik membranasidan bo‗lgan qo‗shimcha lipoprotein qobig‗i bo‗ladi. Simmetriyasi yuqori darajali strukturalar kapsomerlardan xosil bo‗ladi. Tamaki mozaikasi virusidagi simmetriya spiralsimon 2130 bir xil oqsil sub birliklari, RNK bilan birgalikda tuzilgan. Viruslarning shakli har xil – tayoqchasimon, ipsimon, sferik, kubsimon va to‗qmoqsimon. Viruslar bakteriologik filtirlarda to‗siqqa uchramaydi, hujayra tuzilishiga ega emas, faqat bir turli nuklein kislota DNK yoki RNKdan iborat. O‗zlarini tiklashi uchun faqat nuklein kislotalari kerak bo‗ladi, o‗z oqsilini xosil qilish uchun xo‗jayin hujayra ribosomasidan foydalanadi. Suniy oziqali muhitda ko‗paymaydi, faqat xo‗jayin hujayra ichida yashaydi, avtonom genetik tuzilma, hujayra ichi paraziti, xo‗jayin hujayra ichiga tushgach, ular o‗zlarining DNK yoki RNKlarini ishlatib hujayraga virusning yangi kopiyalarini yaratishini buyuradi. Viruslar faqat muayyan xo‗jayin xo‗jayralarda parazitlik qiladi. O‗simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlarni kasallantirivchi viruslar bor: bular: bakteriofag, aktinofag, sionofag. Viruslar tuproqda ko‗paymaydi, uzoq vaqt saqlanadi. Ba‘zilari xo‗jayin hujayra DNKsiga qo‗shilib birgalikda reduplikasiyalanadi. 73 Bunday faglar faol bo‗lmagan faglar hisoblanadi, ular joylashgan bakteriyalar lizogen bakteriya deb ataladi. Faglar mikroorganizmlarninng chin parazitlari hisoblanadi. 1915 yilda Tyuort, 1917 yilda D.Errel faglarning zararlangan bakterialar ichida o‗z-o‗zidan ko‗payib bakteriyalarni nobud qilishini aniqlab bakteriofagni kashf qildi. Faglarning o‗simtasi va ko‗p qirrali boshchasi bor. Boshchasining uzunligi 60 – 100 nm, o‗simtasi 100 – 200 nm, boshcha 1 yoki 2 zanjirchali DNK ichida va ustidan kopsomyerlardan tuzilgan qobiq bilan o‗ralgan. O‗simta spiralsimon joylashgan va qisqarish xususiyatiga ega oqsildan tuzilgan. O‗simta o‗znavbatida 5-6 ta o‗simtaga bo‗lingan ba‘zan plastinka bilan tugaydi. Bu plastinkadan ingichka iplar adsorbsiya ―organlari‖ fibirillalar chiqadi. Odatda fag boshchasidagi genomi DNK yoki RNKsi bakteriyaga o‗tadi fagning qobig‗i tashqarida qoladi. Fag tushgan bakteriya harakatlanish va bo‗linishi qobiliyatini yo‗qotadi. Fag DNKsi tasirida bakteriyaning metobalzmi o‗zgarib, bakteriofagning maxsulotini ishlab chiqaradi. Bakteriya hujayra qobig‗i erigandan so‗ng uning ichidagi bakteriofag chiqa boshlaydi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling