68
strukturasi bilan farqlanadi. Ular muhim ahamiyatga ega, parazit turlarda
virulentlik
xususiyatini oshiradi, mexanik ta‘sirdan, qurib qolishdan
asraydi, faglarning qurib qolishiga to‗sqinlik qiladi. Ba‘zan shilimshiq
qavat oziq modda manbai bo‗lib xizmat qiladi.
Kapsula. Ko‗pchilik bakteriyalarni
hujayra devori shilimshiq
modda bilan o‗ralgan bo‗lib kapsula deb ataladi. Ximiyaviy tarkibi
bo‗yicha kapsulalar ikki tipga bo‗linadi. Bir xillari polisaxaridlardan,
ikkinchilari esa polipeptidlardan iborat bo‗ladi. Ammo ba‘zi kapsulalar
lipidlardan (sil bakteriyalari), getropolisaxaridlardan va boshqa
moddalardan iborat bo‗ladi. Kapsulada 98% gacha suv bo‗ladi. Shuning
uchun ular qo‗shimcha osmotik to‗siq
hosil qilib, bakteriyalarni qurib
qolishdan, mexanik
ta‘sirotlardan va boshqa tashqi muhitni noqulay ta‘siridan himoya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: