Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
-rasm. Bakteriyalarning tashqi ko‘rinishi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Xivchinlanish turlari.
- 3-rasm. Bakteriya xivchinining xarakatlanishi
1-rasm. Bakteriyalarning tashqi ko‘rinishi
Xivchinlar. Bakteriyalar harakatining ikki turi mavjud-suzib yuruvchi va siljib yuruvchi. Siljib xarakatlanish miksobakteriya va oltingugurt bakteriyalarda kuzatiladi. Ular hujayra shaklining o‗zgarilishi hisobidan harakatlanadilar. Ko‗pchilik prokariot hujayrasi yuzasida harakatni amalga oshiruvchi struktura - xivchinlar mavjud bo‗lib, suzuvchi harakatlar qilishadi. Xivchinlarning soni kattaligi, joylashishi har bir tur uchun muhim bo‗lib, qo‗yidagi turlarga bo‗linadi: 1) monotrix-bitta xivchinli; 2) lofotrix-bakteriya hujayrasining bir tomonida bir tutam xivchinlar joylashgan; 3) amfitrix-bakteriya hujayrasining ikki tomonida xivchinlar joylashgan; 4) peritrixal- butun tanasida joylashgan (2-rasm). 2-rasm. Xivchinlanish turlari. A-monotrix, B- amfitrix, V-lofotrix, G-peritrix 63 Xivchinlar miqdori turli bakteriyalarda turlicha bo‗lishi mumkin. Masalan spirillalarda 5tadan 30tagacha bo‗lsa, vibrionlarda 1ta yoki 2-3ta bo‗ladi. Ko‗pincha xivchin qalinligi 10-20nm, uzunligi 3-15 mkm bo‗ladi. Kimyoviy tabiatiga ko‗ra xivchin flagelin oqsili. Xivchinlar elektron mikroskopda yaxshi ko‗rinadi. Xivchinlar bakteriya hujayrasining hayotiy zarur struktura elementiga kirmaydi. Xivchinli bakteriyalarni maxsus oziqa muhitida o‗stirib xivchin hosil qildirmaslik mumkin. Xarakatchan bakteriyalarning rivojlanishining ma‘lum stadiyalarida xivchinlar yo‗qolib ketadi. Xivchinlar maxsus tanachaga –bazal tanachaga birikadi.Bazal tanacha sitoplazmatik membrana ostiga joylashadi. Xivchinlarning harakati shu bazal tana ichidagi o‗qiga bog‗liq. 3-rasm. Bakteriya xivchinining xarakatlanishi Xivchinlarning harakat tezligi tur xususiyati va yashash muhitiga bog‗liq. Ko‗pchilik bakteriyalar bir sekundda hujayra hajmiga teng masofani o‗taydilar. Lekin yashash sharoiti yaxshi bo‗lsa bu masofaga nisbatan 50 marta ortiq masofani bosishi mumkin. Bakteriyalar tartibsiz harakatlanadilar, lekin Spiroxitalar harakati o‗ziga xos bo‗lib, ular siljib harakat qiladilar. Spiroxita hujayrasi uch qavatli struktura bilan o‗ralgan. Bu struktura protoplazmatik silindr deyiladi va peptidoglikonli hujyra qobig‗i sitoplazmatik membranadan iborat. 64 Protoplazmatik silindr ipli struktura-aksial fibriyalar bilan o‗ralib turadi. Ularning bir uchi silindrga birikkan, ikkinchi uchi erkin bo‗ladi. Spiroxitalarning harakatlanish fibrillalarning peptidoglikon va hujayra qobig‗i oralig‗ida aylanishi natijasida ro‗y beradi. Bakteriya yuzasida tukchalar-fibriya va ipchalar ham birikkan bo‗ladi. Ularning soni bir nechtadan, mingtagacha bo‗lishi mumkin. Tukchalar glina oqsillaridan iborat bo‗lib, to‗g‗ri silindr hosil qiladilar. Tukchalar hujayra harakatlarida ishtiroq etmaydi, ular bakteriyalarni substratga biriktirish, yoki bir- biriga birikishida ishtirok etadilar. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling