Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Mikrobiologiya fanining rivojlanish tarixi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
3.2. Mikrobiologiya fanining rivojlanish tarixi
Mikroorganizmlar kashf etilmasdan oldin ham inson qatiq, vino tayyorlashda, novvoychilikda mikrobiologik jarayonlaridan keng qo‗lamda foydalanib kelgan. Qadim zamonlardanok shifokorlar va tabiashunoslar ko‗pgina yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabablarini izlay boshlagan edilar. Masalan, Gippokrat (bizning yeramizdan oldingi 460 - 377 yillarda), Lukresiy (95 - 50 yillarda) va o‗sha davrning boshqa yirik olimlarning ishlarida turli - tuman yuqumli kasalliklarning sababchisi tirik tabiatga bog‗liq ekanligi ko‗rsatilgan. O‗rta Osiyo halqlari avvaldanok chechak, moxov va boshqa kasalliklar to‗g‗risida malumotlarga ega edi. Abu Ali ibn Sino (900 - 1037) bu kasalliklarning sababchisi tirik mavjudotlar ekanligini, ular suv va havo orqali tarqalishini aytgan. Mikroorganizmlarning ochilishi mikroskopning kashf etilishi bilan bevosita o‗zviy bog‗liq. Birinchilar qatori Gans va Zaxariy YAnsen, so‗ngra G. Galiley va K. Drebbel tomonidan mikroskoplar yaratildi va takomillashtirildi. Gollandiyalik olim Anton van Levenguk (1632-1723) o‗zi yasagan mikroskop yordamida iflos suvni, turli xil organik moddalarni suyuqliklarini, har xil moddalar qaynatmalarini, va tish kiri namunalarni tekshirib, ulardagi mikroorganizmlarni kuzatib «Anton Levenguk kashf etgan tibbiyot sirlari» kitobida (1695) mikroorganizmlarning shakllarini tasvirlab bergan. 50 Rus tadqiqotchisi M.M. Tyerexovskiy (1775) o‗zining ―Animal qo‗llar to‗g‗risida‖ asarida mikroorganizmlari bor damlamani isitib, sovitilsa, ―animal‘qo‗lalar‖ halok bo‗lib ketishini va ancha vaqtgacha qayta paydo bo‗lmasligini ko‗rsatib berdi. Fransuz Pushe va boshqa, olimlar bu tajribalarni rad etdilar va qaynatilgan sho‗rvada bir qancha vaqtdan keyin mikroorganizmlar yana paydo bo‗lishini isbot qilib berdilar. Haqiqatni kim isbotlab bersa, o‗sha kishiga mukofat tayin qilgan fransuz akademiyasi bu baxsni bartaraf etishga qaror qildi. SHo‗rvani uzoq qaynatib mahkam bekitib qo‗yilsa va havodagi mikroorganizmlar unga tushurilmaydigan bo‗lsa, sho‗rvada mikroorganizmlar rivojlanmasligini ko‗rsatib bergan Lui Pastyer shu mukofotga sazovar bo‗ldi. Mikroorganizmlarning o‗z-o‗zidan paydo bo‗lishi to‗g‗risidagi nazariya shu tariqa o‗zil- kesil rad etildi (1860). Mikroorganizmlar kashf etilishi bilan ularni sistemaga solish va klassifikasiyalash zaruriyati tug‗ildi. XVIII asrning eng atoqli sistematigi K. Linney barcha mikroorganizlarni ―xoos‖degan nom bilan bitta gruppaga birlashtirdi. CHindan ham o‗simliklar va hayvonlar bir-biridan etarli darajada aniq ajralib turadi, xolbuki, mikroorganizmlarni qanday bo‗lmasin biror gruppaga kiritish juda qiyin. SHunday bo‗lsada XVIII asrning oxirlarida mikroorganizmlarni klassifikasiyalashda urinib ko‗rishdi. Avvaliga mikroorganizmlar hayvon va o‗simlik mikroorganizlari o‗rtasida oraliq o‗ringa ko‗yildi (Myullyer,1786). So‗ngra 1852 Petri ba‘zi mikroorganizlar o‗simliklar dunyosiga kiradi, deb taxmin qildi. Kox (1854) vibrionlarning tashqi shakli, o‗sishi va ko‗payishi tuban suv o‗tlariga o‗xshashligiga qarab ularni tuban o‗simliklar (Schizophita) gruppasiga kiritdi. Negeli mikroorganizmlar ham, xuddi zamburug‗lar singari, xlorofilga ega bo‗lmasdan chirib kelayotgan organik moddalar hisobiga oziqlanishini aniqladi. Mikroorganizmlarning ko‗payishi xususiyatlarini hisobga olib (yunoncha schizo-bo‗linmoq), Negeli ularni alohida bo‗lak zamburug‗lar(Schizomycetes-shizomisetlar) gruppasiga birlashtirdi. 51 Gekkel‘ 1866 yili barcha mikroorganizmlar gruppasini hozir ham qo‗llaniladigan ―protistlar‖(yunoncha protistos- eng birinchi) degan yig‗ma nom bilan birlashtirishni taklif etdi. Mikroorganizmlar klassifikasiyasiga Kox va Negeli bakteriyalar morfologiyasini o‗rganishni asos qilib olishdi. Bu mikrobiologiyada ikki yo‗nalishga-monomorfizm va pleomorfizm paydo bo‗lishiga olib keldi. XIX asrning boshlarida pivo shirasini achitadigan mikroorganizmlar - achitqilar (1837) kashf etildi, keyinchalik esa parazit zamburug‗lar – ipak qurti kasalligining qo‗zg‗atuvchilari (muskardinalar) bilan odamda uchraydigan kal kasalligining qo‗zg‗atuvchilari tasvirlab berildi. Birok, Fransuz olimi Pastyerning genial ishlarigina zamonaviy ilmiy mikrobiologiyaning rivojlanishiga asos bo‗ldi. Lui Pastyer ma‘lumotiga ko‗ra kimyogar bo‗lib, o‗z umrini mikroorganizmlarni o‗rganish va yuqumli kassalliklarga karshi kurash usullarini ishlab chiqishga bag‗ishladi. Qiziqishlarining doirasi juda keng edi: u bijg‗ish jarayonlarini (1857) va mikroorganizmlarning o‗z-o‗zidan paydo bo‗lmasligini (1860), vino va pivo pishirish sirlarini (1865), ipak qurti kasalliklarini (1868) o‗rgandi. Bijg‗ish (sut kislotali va moy kislotali bijg‗ish) jarayonlarini o‗rganib, Pastyer bu jarayonlar mikroorganizmlar tufayli yuzaga kelishini aniqladi. O‗sha mikroorganizmlar orasida u anaeroblarni, Ya‘ni kislorodsiz yashab ko‗paya oladigan mikroorganizmlarni birinchi bo‗lib topdi. Keyinrok Pastyer gazli gangrenaning anaerob qo‗zg‗atuvchisini kashf etdi. Keyinchalik Pastyer chirish jarayonlarini o‗rganar ekan, bu jarayonlar ham mikroorganizmlar tufayli paydo bo‗ladi, degan xulosaga keldi. Pastyerning kashfiyotlari mashhur ingliz xirurgi Jozef Listyerga kimyoviy moddalarni mahalliy tarzda ishlatib, jarohatlarning yiringlashiga qarshi davolashda, shuningdek atrof – muhitdagi mikroorganizmlarni yo‗qotish uchun choralar ko‗rishga (antiseptika bilan aseptikaga) imkon berdi. 52 Mashhur nemis mikrobiologi Robert Kox mikrobiologiya texnikasi metodlarini muqammalashtirib, mikroorganizmlarning tuzilishini o‗rganishiga yordam bergan bo‗yash usullarini taklif etdi, mikroskopiyada Abbe yoritgichidan foydalandi, mikrofotosurat olishni joriy etdi. Mikrobiologik tekshirishlarning Kox tomonidan ishlab chiqilgan usullari, infeksion kasalliklar qo‗zg‗atuvchilarini faqat bir tur mikroorganizmlardan iborat toza kultura holida ajratib olishga imkon berdi. Kox mikroorganizmlarni o‗stirish uchun oziq muhitlari tayyorlash uslubini ishlab chiqdi. SHun so‗ng ozuqali muhitda hujayradan paydo bo‗lgan mikroorganizmlar populyasiyasi koloniyalar ko‗rinishida o‗stirish mumkin bo‗ldi. Rus biolog olimi Ilya Ilich Mechnikov mikrobiologiya bilan immunologiyaning rivojlanishiga g‗oyat katta xissa qo‗shdi. U immunitetning fabusitar nazaryasini yaratdi. Mechnikov odam organizmiga kirib qolgan kasallik qo‗zg‗atuvchi mikroorganizmlardan odamni himoya qiladigan eng muhim mexanizmlarning biri hujayra ximoyasi ekanligini ko‗rsatib berdi. Masalan yalig‗lanishda oq qon tanachalari, Ya‘ni leykositlar inson organizmi to‗qimalariga o‗tib qolgan mikroorganizmlarni ushlab qolib xazm qilib yuboradi. Mana shu hujayralarga Mechnikov fagositlar deb nom berdi (yunoncha-phagos- xazm qiluvchi, eyuvchi, zytos-hujayra degan so‗zlardan olingan). Viruslarning kashf etilish tarixi XIX asr oxirlaridan boshlanadi, o‗sha davrda ikkita yosh tadkikotchi D.I.Ivanovskiy bilan V.V Polovsev Ukraina va Bessarabiyadan tamaki kasalligi bilan qiziqib qolishdi. Ivanovskiy kasal o‗simliklar bargidan olingan shira sog‗lom barglarga surtiladigan bo‗lsa, bularning kasallanishiga sabab bo‗lishini aniqlashga muvaffaq bo‗ldi. Biroq, mikroorganizmlar oziq muhitida o‗sib chiqqani yo‗q, barg shirasi esa filtrlardan o‗tkazilganidan keyin ham yuqumli bo‗lib qolavyerdi. Ivanoskiy tamaki kasalligi filtirining mayda - mayda teshiklaridan ham o‗tib ketadigan va oziq muhitlarida o‗smaydigan juda mayda agentdan paydo bo‗ladi, degan xulosaga keldi (1892). Tamaki kasalligini o‗rgangan 53 daniyalik botanik Martin Beyerink yangi kashf etilgan moddani virus deb atadi va uni «suyuq holdagi tirik yuqumli modda» deb ta‘rifladi. XX asrning boshlarida bakteriyalarning viruslari (bakteriyaofaglar), keyinchalik esa aktinomisitlarlarning faglari (aktinofaglar) topildi. Viruslar odamda uchraydigan talaygina va aksari juda og‗ir o‗tadigan kasalliklarning qo‗zg‗atuvchilari bo‗lib chiqdi. Ular ba‘zi o‗smalarning vujudga kelishiga ham sabab bo‗ladi, deb taxmin qilinadi. Mamlakatimizda mikrobiologiyani rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjudligi tufayli uning nazariy va amaliy masalalari bilan bog‗liq bo‗lgan sohalari: oziq-ovqat sanoati, konsyerva sanoati, sut mahsulotlarini qayta ishlash sanoati, pivo pishirish sanoati, turli aminokislotalar, oqsillar, antibiotiklar va vitaminlar ishlab chikarish sanoatlari yanada rivoj topmoqda. O‗zbekistonda A.M.Muzafarov, M.I.Mavloniy, S.A.Askarova, A. F.Xolmurodov, I.J.Jumaniyozov, K.D.Davronov, I.A Muzafarova va boshqalar mikrobiologiya fanining rivojlanishiga katta xissa qo‗shgan olimlardir. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling