Samarqand davlat universiteti Intellektual tizmlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti
Download 0.8 Mb.
|
informatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2022-2023-o’quv yili Mavzu
- O‘quvchilarni informatikadan olimpiadaning amaliy turiga tayyorlanish
Samarqand davlat universiteti Intellektual tizmlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti 403-guruh talabasi Davronova Oybarchinning Informatika o’qitish metodikasi fanidan tayyorlagan 1-2-Laboratoriya ishlari Bajardi:Davronova O Tekshirdi: Sattorov Q 2022-2023-o’quv yili Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanidan olimpiada masalalarini yechish metodikasi Ma’lumki yurtimizda har yili fan olimpiadalari o‘tkaziladi. O‘quvchilar ichida DTS talablarini osonlik bilan o‘zlashtiradigan, informatikadan ko‘proq bilimga ega bo‘lishni istaydigan iqtidorli yoshlar doim topiladi. Yillar davomida iqtidorli bolalar bilan ishlash, ularni informatikadan olimpiadalarga tayyorlash tajribasi to‘planib, taraqiy etib kelmoqda. Muhimi o‘quvchilarni o‘qish va olimpiadaga tayyorlanish jarayoniga jiddiy qarashga o‘rgatish. Informatikadan o‘quvchilarni olimpiadaga tayyorlashni 6sinfdan boshlash maqsadga muvofiq. Lekin tajriba shuni ko‘rsatadiki, ko‘pincha o‘quvchilar olimpiadaga 8sinfdan qiziqa boshlaydi. Ulardan ham aqliy mehnatdan zavq oladigan, masalalarnyoqtiradiganlari qoladi. Informatikadan fan olimpiadasi ikki turda: nazariy (test topshiriqlari) va amaliy (dastur tuzish) turlardao‘tkaziladi. O‘quvchilarni informatikadan olimpiadaning amaliy turiga tayyorlanish Amaliy turda o‘quvchilar asosan paskal dasturlash tilida dastur tuzishi kerak. Dastur tuzishga o‘quvchilarni o‘rgatish shartli ravishda uch etapda amalga oshiriladi. Birinchi etap, eng qiyin hisoblanadi va tahminan bir yil davom etadi. Bu etapda elementar algoritmlar va “Turbopaskal” dasturlash tili o‘rgatiladi. Birinchi etap uch bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichda o‘quvchilarga masala sharti, uni yechish algoritmi va dastur matni beriladi. Ikkinchi bosqichda masala sharti va uni yechish algoritmi beriladi. Qolgan ishlarni o‘quvchining o‘zi bajarishi kerak. Uchinchi bosqichda faqat masala shrtlari beriladi. Asta sekin algoritmlar banki to‘planib boradi, olimpiada masalalarini yechish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. Ikkinchi etapda turli olimpiada va musobaqalarda qatnashiladi. Albatta bu etapda “diplom” haqida o‘ylashga hali erta. O‘quvchi uchun bu etapda olimpiada masalalarini yechish metodikasi tushunish va o‘zlashtirih, oz’ vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, testlar tizimini to‘g‘ri tuzish(dastur ishini tekshirishuchun) muhimdir. Uchinchi etapda o‘quvchilar bilim doirasini kengaytiradi, murakkab algoritmlarni o‘rganadi, tahlil qiladi va murakkab masalalarni yechadi. Shuni aytish lozimki, uchchala etapni ham muvaffaqiyatli o‘tish uchun chuqur matematik tayyorgarlik zarur bo‘ladi. Albatta o‘qituvchiga ham o‘quvchilarga og‘ir yuk tushadi. Odatda nazariy material ma’ruza shaklida beriladi. Unda informatika va matematika bo‘limlaridan bilimlar beriladi. Amaliy mashg‘ulotlarda maruzada berilgan mavzular bo‘yicha konkret amaliy topshiriqlar aniqlanadi, masalalar yechiladi. Amaliy mashg‘ulotlarda o‘rganilgan mavzuga oid masalalarning yechish usullari tahlil qilinadi. Masalan, doskaga masalardan birining bloksxemasi yoki dasturning e’tiborga molik fragmenti yozib qo‘yiladi. Amaliy mashg‘ulotlarning asosiy qismi dasturlarni tahlil qilishga ketadi. Bu o‘qituvchining o‘quvchi bilan individual ishlashga qaratilgan o‘zigaijodiy jarayon. Dastur tuzish va uni to‘g‘irlash (otladka) dasturlashning juda ko‘p nozik tomonlarini bilishnitalabetadiganijodiy jarayon. Har bir dasturni quyidagicha baholash mumkin: Yillar o‘tishi bilan avlodlar almashinuvining sxemasi ishlab chiqilgan bo‘lishilozim. Olimpiadaga turli yoshdagi o‘quvchilar tayyorlanadi. Kattalari kichiklarga bilim va tajribasini qoldiradilar. Respublikamizda 1994 yilda “yosh informatilar” yozgi maktabi tashkil qilinib, hozirgacha ishlab kelmoqda. U yerda olimpiada viloyat bosqichining g‘oliblari ishtirok etib, ular kelgusi olimiadalarga tayyorlanadilar. Lekin hamma viloyatlardan ham “kerakli” o‘quvchilar yuborilmaydi.Yozgi maktabga qatnashgan 28 nafar o‘quvchidan (har bir viloyatdan ikkitadan o‘quvchi) 34 tasi o‘rtacha qiyinlikdagi masalalarni arng yechadi. Ularni qaytadan dastur tuzishni o‘rgatishga to‘g‘ri keladi. Bunday bo‘lmasligi uchun bolalarni maktabda olimpiadaga tayyorlashga kattae’tibor qaratishlozim. Olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun tayyorlanish jarayonida o‘quvchilar matematikaning algebra, sonlar nazariyasi, analitik geometriya, diskret matematika, algoritmlar nazariyasi bo‘limlarinipuxta egallashilozim. Bir necha yildan beri respublikamiz o‘quvchilari “Butunrossiya dasturchilar ochiq chempionati” da ishtirok etib kelmoqda. Unda o‘quvchilar jamoa bo‘lib ishlaydilar. Har bir jamoada 3 ta ishtirokchi. Olimpiadaning bunday turida har bir jamoa 5 soat ichida berilgan masalalardan iloji boricha ko‘prog‘ini yechishi kerak. Bunday olimpiadalarda o‘quvchilar jamoada ishlashni, vazifalarni o‘zaro taqsimlashni, maqsadga erishish uchun oxirgacha harakat qilishni o‘rganadilar. Informatikadan olimpiadaga tayyorlanish jarayoniga Internetdan foydalanishni ham unutmaslik kerak. Hozirgi kunda internet tarmog‘ida yakka va jamoa olimpiadalariga tayyorlash bo‘yicha bir qancha loyihalar mavjud. Masalan, har o‘quv yilining sentyabirdan apreligacha davom etadiganSankt Peterburg aniq mexanika va optika instituti loyixasi. Bu loyihani http://neerc.ifmo.ru/school saytidan topish mumkin. Quyida informatikadan olimpiadaning amaliy turiga tayyorlanishbo‘yichatahminiy rejakeltirilgan: Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling