Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari
Ijtimoiy kompetentlik, ya’ni ijtimoiy munosabatga kirishish va muloqotchanlik ko‘nikmalarining shakllantirilishi
Download 1.06 Mb.
|
3. Ijtimoiy kompetentlik, ya’ni ijtimoiy munosabatga kirishish va muloqotchanlik ko‘nikmalarining shakllantirilishi. Bunda quyidagi ko‘nikmalar shakllantirilishini nazarda tutadi:
1) boshlang‘ich ko‘nikmalar – insonga boshqalar bilan aloqaga kirishish va ularning suhbatiga qo‘shilish imkoniyatini beruvchi ba’zi minimal ko‘nikmalar. Suhbatga kirishish, tinglay bilish, e’tiborli bo‘lish, savollarga javob berish; muhokama qilish, e’tirof etish qoidasi. 2) suhbatda o‘zini namoyon eta olish – o‘zining hissiyotlari, ko‘nikmasi va kechinmalarini namoyon eta olish yoki ma’lumotni boshqalarga etkaza olish ko‘nikmalari. Takalluf aytish, minnatdorchilik bildirish, qo‘llab-quvvatlash, yordam so‘rash, iltimos qilish, topshiriq va vazifalarni tushuntirish, topqirlik ko‘nikmalari, shikoyat bilan murojaat qilish, vujudga kelgan muammoni mustaqil tarzda hal etishga urina olish ko‘nikmasi, dunyoqarash va o‘z nuqtayi nazariga ega bo‘lish; o‘zining noroziligini namoyon etish, o‘zining e’tirozini to‘g‘ri va halollik bilan oshkor etish. 3) suhbatda boshqa kishining fikriga yoki uning kechinmalariga nisbatan munosabat. O‘zgalar fikrini qadrlash, qadrli ekanligini inobatga olish, xayrixohlik, boshqa insonning kechinmalariga javob berish (empatiyA., hamfikrlilik, uzr so‘rash – afuslanayotganligini namoyon eta olish, ko‘rsatmalarni bajarish, takliflarini e’tiborga olish; ularni o‘z g‘oyalari va dunyoqarashi, e’tiqodi bilan taqqoslash, muvaffaqiyatsizlikka nisbatan adekvat munosabat, bir-biriga qarama-qarshi ziddiyatli murojaatlarni tahlil etish, shikoyatga munosabat, boshqa insonning g‘azabini tushunishga harakat qilish, 4) oldinda turgan vazifalarni rejalashtirish ko‘nikmasi boshqa insonlar bilan suhbatlashishdan yoki biror narsa qilishdan oldin uni rejalashtirish va oldinda turgan vazifani bajarishga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rish, rejalashtirilgan ishlarning haqiqatga yaqinligi, maxsus ma’lumot olish uchun vakolatli insonlarga murojaat eta olish, topshiriqni bajarishga diqqatni jamlash, ishni samarali bajarish uchun imkoniyat beruvchi sharoitlarni yaratish, o‘zining qobiliyat va imkoniyatlarini baholash, suhbatda o‘z mavqeyini avvaldan asoslash, ustuvor va muhim – yechilishi zarur bo‘lgan muammmolarni farqlay olish, qaror qabul qilish, haqqoniy baholay olish, manfaatdorlik. 5) ijobiy ma’qul bo‘lgan xulq namunalaridan foydalanish Ziddiyatli vaziyatlardan chiqib keta olish, suhbatdoshining kechinmalarini to‘g‘ri tahlil qila olish, xatti-harakatlarni to‘g‘ri baholay olish, iltimos bilan murojaat qilish, o‘zini boshqara olish, harakat va hissiyotlarni nazorat qila olish, o‘zaro kelishuvga kela olish, o‘zgalarga yordam berish, tashabbuskorlik, shijoat, o‘z mavqeyini himoya qila olish. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling