Samarqand davlat universiteti қозон миллий тадқИҚотлар технология университети
VIII BOB. KIMYOVIY-TEXNOLOGIK JARAYONLARNI
Download 2.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Samarqand davlat universiteti озон миллий тад И отлар технологи
- Bu sahifa navigatsiya:
- AMALIY TOPSHIRIQLAR 165 TESTLAR 184 GLOSSARIY 206 FOYDALANISHGA TAVSIYA ETILGAN ADABIYOTLAR 214
VIII BOB. KIMYOVIY-TEXNOLOGIK JARAYONLARNI
MAQBULLASHTIRISH 154 8.1. Kimyoviy-texnologik jarayonlar uchun maqbullashtirish 154 5 masalalarining umumiy harakteristikasi (tasnifi) 8.2. Maqbullashtiriladigan masalalarning yechish usullari 162 AMALIY TOPSHIRIQLAR 165 TESTLAR 184 GLOSSARIY 206 FOYDALANISHGA TAVSIYA ETILGAN ADABIYOTLAR 214 6 SO„Z BOSHI Muayyan murakkab ishlab chiqarish texnologiyasini amalga oshiruvchi har qanday kimyoviy, oziq-ovqat, farmatsevtika, mashinasozlik ishlab chiqarishi ko„plab qurilmalar va ular orasidagi texnologik aloqalardan iborat o„ziga xos kimyoviy-texnologik tizimdir. Bunday ishlab chiqarishni loyihalash va ishlatish ma‟lum bir mavzu bo„yicha chuqur bilim va ko„nikmalarni talab qiladi. Yangi kimyoviy-texnologik tizimlarni ishlab chiqishda yoki mavjud bo„lgan tizimni yangilashda asosiy vazifa sifatli mahsulotni iqtisodiy jihatdan kerakli hajmda olish imkonini beradigan kimyoviy ishlab chiqarish muhitini yaratishdir. Mavjud kimyoviy-texnologik tizimlardan foydalanilganda, ishlab chiqarishning shunday boshqarish tizimini yaratish kerakki, unda yuqori unumdorlik va kam harajatlar bilan talab etilgan darajadagi sifatli mahsulotni olish va ekologik xavfsiz ishlab chiqarishni ta‟minlasin. Kimyoviy-texnologik jarayonlarni ishga tushirishda nafaqat ishlab chiqarishni tashkil etishni hamda uning loyihalashda texnologik sxemaga qo„yilgan funksiyalarini tushunishi, balki xom-ashyo parametrlarining o„zgarish imkoniyatlari, mahsulotga qo„yilgan talablar hisobga olinishi hamda uning manbaalaridagi ma‟lum saflardagi o„zgarishlar natijasida qurilmaning ish parametrlaridagi uzluksiz o„zgarishlar, bo„lishi mumkin bo„lgan halokatlar, ishga tushurish, to„xtatish va h.z.larga aralashish imkoniyati bo„lishi kerak. "Kimyoviy-texnologik tizimlarni matematik modellashtirish" kursining maqsadi kimyoviy-texnologik jarayonlarni yaratish tamoyillarining asosiy tushunchalari, vazifalari va ularni hisoblash usullarini o„rgatish, shuningdek, talabalarni kimyoviy-texnologik jarayonlarning keng tarqalgan elementlarini modellarini yaratish usullari bilan tanishtirishdir. Darslik 5320400-Kimyoviy texnologiya bakalavr ta‟lim yo„nalishi uchun mo„ljallangan “Kimyoviy-texnologik jarayonlarni matematik modellash” dastur asosida yozilgan. Unda massa almashinuvi, energiya almashinishi, sorbsiya jarayonlari, kimyoviy reaksiyalar kinetikasini matematik modellash va ular asosida hisoblashlarga alohida e‟tibor qaratilgan. Olingan natijalarning kimyoviy-texnologik jarayonlarni 7 loyihalashda qo„llanilishi bo„yicha tavsiyalar berilgan. “Kimyoviy-texnologik jarayonlarni matematik modellash” darsligi 5320400-Kimyoviy texnologiya bakalavr ta‟lim yo„nalishi talabalari uchun mo„ljallangan bo„lib, undan 5A320400-Kimyoviy texnologiya magistri mutaxassisligi bo„yicha ta‟lim oladigan talabalar ham foydalanishi mumkin. Darslik birinchi marta o„zbek tilida yozilganligi uchun xato va kamchiliklardan holi emas. Darslikni mazmuni va sifatini yaxshilashga qaratilgan har qanday taklif va mulohazalar mualliflar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinadi ( m_nurali@mail.ru , 140104, Samarqand sh., “Universitet” xiyoboni, 15, Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi). Download 2.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling