Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
3.4. Protektsionizm siyosati Millat boyishi muhim vositasi sifatida, merkantilistlar hukmdorning to`g`ri siyosatida deb bilishgan. Davlat iqtisodiy jarayonlarning faol qatnashchisi bo`lish kerak deb bilishgan. Bunday yondashuv merkantilistlar umumiy qarashlaridan kelib chiqgan bo`lib, u makroiqtisodiy yondashuv natijasidir. Merkantilistlar milliy boylik masalalarini tadqiq etib, milliy boylik alohida individlarning tashvishi bo`la olmasligi haqida fikrlarni ilgari surishgan. Bu hukmdor tashvishi bo`lib, hukmdor doimiy ravishda boylik oshishiga qaratilgan markazlashtirilgan siyosat yuritishi kerak. 31 Bundan tashqari merkantilizmga iqtisodiy qonuniyatlarning yorqin darajada namoyon bo`lishi g`oyasi xos emas. Balki, ular tomonidan katta e`tibor, insonlarning maqsadli harakatlari g`oyasi dolzarb bo`lgan. Xususan, ularning ta`kidlashicha, tabiiy resurslar va qimmatbaho metallarning mavjudligi millat ravnaqiga ta`sir etmaydi. Millat ravnaqiga faqatgina savdogarlarning ko`nikmasi yoki hukmdorning bunday harakatlardan daromad ola bilish ko`nikmasi asos bo`la oladi. Faqatgina so`ngi davrlarda iqtisodiy tizim o`z –o`zini nazorat etishi haqidagi ilk tasavvurlar shakllana boshladi. Bundan, hech qanday inson irodasi tomonidan bartaraf etib bo`lmaydigan qoida sifatidagi iqtisodiy qonun tushunchasi kelib chiqgan. Ayniqsa bu g`oya, ingliz savdogari Dadli Nors asarida keng yoritilgan. Mazkur g`oyani valyuta kurslarini davlat tomonidan nazorat etilishining zararli ta`sirini isbotlovchi Tomas Mann traktatlarida ham uchratishimiz mumkin. Protektsionizm nomini olgan merkantilistlar davlat siyosati,yu birgina maqsadga, mamlakatga pul oqimini kiritish g`oyasiga qaratilgan. Bu g`oya o`z tarkibiga qator choralarni ham olgan. Mazkur usullardan biri, mamlakatga chet el valyutasini jalb etish maqsadida valyuta kursini nazorat etish, keyinchalik esa eksport – import operatsiyalarini rag`batlantirish bo`lgan. Bundan tashqari, ssuda foilari normalari ham nazorat ostiga olingan. Mazkur foiz darajasi haqidagi munozaralar o`sha davrdagi iqtisodiy traktatlarida alohida o`rin egallaydi. Ular ta`limotida soliq siyosati g`oyasi ham ilgari surilgan. Eksportga nisbatan soliq imtiyozlari va subsidiyalari kiritilib, Shu bilan birgalikda import tovarlariga nisbatan yuqori darajadagi bojlar tadbiq etilgan. Shu orqali, ijobiy savdo sal`dosi ta`minlanishi ta`kidlangan. Bundan tashqari import boylik predmetlari iste`moli darajasi ham to`g`ridan - to`g`ri cheklangan. Siyosatning muhim elementi, ayniqsa so`nggi davrlarda Frantsiyada davlat manufakturalarini tashkillashtirish darajasigacha etgan eksport sanoatini qo`llab – quvvatlash bo`ldi. O`sha davr merkantilistlari, tashqi bozorlarda yuqori narx va yuqori talab darajasiga ega bo`lgan tovarlarni ishlab chiqaruvchi sohalarni rivojlantirish borasida tavsiyalar berishgan. Shuningdek xom - ashyoni import qilib, tayyor mahsulotni eksport qilish ham foydali ekanligi haqidagi g`oya ilgari surilgan, zero xom-ashyoga nisbatan tayyor mahsulot narxi doimo yuqori bo`lgan. Xom-ashyoni ishlab chiqarish emas, uni qayta ishlash borasidagi sanoatni rivojlantirilishi zaruriyati haqidagi xulosa kelib chiqadi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling