Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
3.6. Rossiyada merkantilizm Sharqiy Evropa, ayniqsa Rossiya o`z rivojlanishida g`arbdan nisbatan orqada qolgan edi. Shu sababli boshlang`ich boylik orttirish davrida ilk merkantilistik nazariyalar va amaliyoti Rossiyada XVII asrning o`rtalari, shoh Aleksey Mixaylovich davriga to`g`ri kelgan. Birinchi yirik Rossiya merkantilistlari sifatida Afanasiy Ordin – Nashchokinni tilga olish mumkin (1605-1680). Nihoyatda bilimdon shaxs sifatida u G`arb bilan keng aloqalarga ega bo`lib, protektsionizm siyosati borasidagi ilk tajribalarini chegara yonida joylashgan Pskov shahri voevodasi sifatida amalga oshirgan. Keyinchalik elchilik xizmati boshlig`i sifatida Ordin - Nashchokin protektsionizm siyosatini davlat darajasida amalga oshirgan. Xususan, 1667 yilda tasdiqlangan «Novotorgoviy ustavi» erta merkantilizm nuqtai - nazaridan yozilgan ilk hujjat hisoblanadi. Unda, chet el savdogarlari huquqlari nihoyatda cheklanib, ularga Rossiyaning faqatgina chegara hududlarida joylashgan shaharlarida savdo qilinishi ruxsat berilgan. Savdoning chakana tarzda amalga oshirilishi ham ta`qiqlangan. Tovarlarga nisbatan bojxona soliqlari oshirilib, ular faqatgina oltin va kumush ko`rinishida nihoyatda past darajadagi kurs bo`yicha bojlar undirilgan. Ordin – Nashchokin garchi muvaffaqiyatsiz bo`lsa ham Rossiyada bank kreditini tadbiq etishga harakat qilgan. Rossiyada tashqi savdo hajmi shoh Pyotr I davrida birmuncha rivojlangan. Pyotr I davri merkantilistlari sifatida Fedor Saltikovni (1715 yilda vafot etgan) e`tirof etish mumkin. U o`zining Angliyadagi kuzatgan tajribalarini qo`llagan holda, Rossiya tashqi savdo siyosatini rivojlantirish loyihalarini ilgari surgan. Uning fikricha, savdogarlar, barcha davlatlar boyishi mustahkam asosini tashkil 34 etishi, ta`kidlangan. Aynan Saltikov ilk marotaba eksport manufakturalari qurilishini taklif etib, mazkur manufakturalar Rossiya davlatida ko`payishi va davlat daromadi aynan mana Shu manufakturalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning tashqi bozorga chiqarilishi orqali oshirilishi mumkinligi haqidagi g`oyani ilgari surgan. Shu bilan birgalikda, Fedor Saltikov chet elda Rossiya savdogarlarini qo`llab - quvvatlash uchun elchixonalar va savdo kompaniyalarini tashkil etish lozimligi, hamda savdogarlar farzandlarini chet elga savdo ishlari va hisob-kitobni o`rganish uchun jo`natish lozimligini tilga olgan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling