Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Predmet va uslub. Mill` mumtoz siyosiy iqtisod metodologiyasi tarafdori
bo`lsa ham, pozitivizm falsafasi asoschilaridan biri hisoblanadi. Bu holat uning 70 iqtisodiy nazariyasining alohida elementlarida namoyon bo`ladi. Pozitivizm xususiyatlaridan biri, hodisalar mohiyatining asosiy sababini qidirishdan voz kechish bo`lgan, ya`ni sabab va oqibat yondashuvidan. Pozitivistlar, real hodisalar va ular orasidagi aloqani tadqiq etishni taklif etishgan, ya`ni funktsional yondashuv tarafdorlari bo`lishgan. Mill`ning fikricha, bizning bilimimiz faqatgina hodisalarni tushunishi mumkin, biz ularning mohiyatini, hattoki aniq fakt yuzaga kelishining real sabablarini bilmaymiz. Biz faqatgina ularning boshqa faktlarga aloqasini tushunishimiz mumkin. Hodisalarni esa biz bor - yo`g`i ularning qonuniyatlarini tushunamiz xolos. Mazkur g`oyalarni Mill` iqtisodiy nazariya borasida ham qo`llagan. O`zining asarida yozishicha: «Biz jamiyatda iqtisodiy fenomenlar umumiy tasvirini oldik. Mo„ayyan darajada, biz ularning o`zaro aloqasini belgilovchi printsiplarni ham aniqlaganmiz». Ayniqsa funktsional yondashuv Mill`ning qiymat borasidagi tadqiqotlarida namoyon bo`lgan. Sabab va oqibat yondashuvidan, funktsional tadqiq etishga iqtisodiyot fanining to`la - to`kis o`tishi XIX asrning oxirida yuz berib, bu holat neomumtozlar va institutsionalistlar nazariyasida namoyon bo`lgan. Mill` iqtisodiy nazariyasi metodologiyasining yana bir Yangi xususiyati, keyinchalik institutsionalizm doirasida rivoj topgan bo`lib, birinchidan bu ijtimoiy evolyutsiya g`oyasi edi, va bu g`oya ijtimoiy isloxotlar taklifida namoyon bo`ldi. Ikkinchidan, Mill` iqtisodiy insonni emas, insonni ijtimoiy faoliyatlarida namoyon bo`lishi nuqtai - nazaridan tadqiq etgan. Mazkur yondashuvga muvofiq, Mill` jamiyat iqtisodiy tashkillashtirishni sabablari, inson xulq-atvor xususiyatlari yoki jamoatchilik munosabatlari, institutlar, psixologik va ma`naviy omillarda namoyon bo`lishi darajasining tadqiq etilishining o`zi, siyosiy iqtisod deb nomlanuvchi fan predmetidir. Iqtisodiy siyosat alohida elementlari uchun, jamiyat umumiy qarashlari va siyosati, alohida ahamiyatga ega emas, ammo kengroq tadqiqotlar doirasidan ham, ularni o`chirib bo`lmaydi, zero inson hayotining turli muhim aspektlari mustaqil ravishda rivojlanmaydi, ulardan har - biri boshqalaridan kelib chiqib, chuqur ravishda ular tomonidan modifikatsiya etiladi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling