Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Davlatning iqtisodiyotdagi roli


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   169
Davlatning iqtisodiyotdagi roli. Mazkur muammoga Mill` nihoyatda 
ehtiyotkorlik bilan yondashgan. Uning e`tirof etishicha, tadbirkorlik erkinligi va 
davlatning iqtiisodiyotga aralashuvining to`g`ri mutanosibligini topish zarur. 
Davlatning iqtisodiyotdagi rolini tanqid etar ekan, Mill` bu jarayondagi ikki asosiy 
holatga e`tibor qaratgan: davlat mansabdorlarining tomonida samarasiz 
boshqarilishi va xususiy tashabbusning qisqarishi, huquqiy tashabbus va fuqarolar 
siyosiy huquqlarining pasayishi. 
Iqtisodiy liberalizm nuqtai - nazaridan hukumat tomonidan iqtisodiyotning 
bevosita boshqarilishini inkor etgan Shu bilan birgalikda, hukumatning 
iqtisodiyotga nisbiy ravishda aralashishining ikki maqsadini ko`rsatgan: 
«Hukumat, chekkadan yordamga muhtoj bo`lgan jamiyat a`zolarining bugungi 


72 
manfaatlari yoki kelajak avlodlar va insoniyat umumiy manfaatlari uchun zarur 
bo`lgan holatlar bajarilishi bilan bog`liq barcha ishlarni o`z zimmasiga olishi 
kerak». Bunda birinchidan hukumat tomonidan ilmiy - texnik taraqqiyotni 
rivojlantirishi ko`zda tutilib, bu xol birinchi navbatda iqtisodiy o`sishga olib 
keladi, va ikkinchidan esa teng iqtisodiy imkoniyatlarga va teng huquqlarga ega 
bo`lgan holda teng iqtisodiy huquqlarga ega bo`lmagan jamiyat a`zolariga moddiy 
yordam haqida fikr yuritadi (qariyalar, bolalar, nogironlar). 
 
8.2. K. Marks iqtisodiy nazariyasi 
 
Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta`siri bo`yicha XIX asr faylasuflari va 
iqtisodchilari orasida yiriklardan biri Karl Marks (1818-1883) hisoblanadi. 
Ma`lumoti bo`yicha yurist va jurnalist bo`lgan bu olim faoliyat turi bo`yicha 
professional inqilobchi edi. Uning yaqin yordamchisi va qator asarlarining 
hammualifi Fridrix Engel`s (1820-1895) hisoblanadi. Marks hayotining keskin 
burilish davri 1847-1848 yillar edi. Bu vaqtga kelib, tarixiy materializm falsafiy 
nazariyasi to`liq ishlab chiqarilgan edi. 1847 yilda Marks va Eengel`s ishtirokida 
xalqaro kommunistlar ittifoqi tashkillashtirilib (I Internatsional asosi), uning uchun 
Marks va Eengel`s «Kommunistik partiya manifesti» deb nomlangan asarni 
yozishdi (1848). 1848 yilda yuz bergan birinchi Evropa inqilobidan so`ng, Marks 
va Engel`s Angliyaga ko`chib o`tib, umrlarining oxirigacha shu mamlakatda 
yashashdi. Bu erda, Marks o`z iqtisodiy nazariyasi ustidan ishga kirishib ketdi. 
1850 yillar oxirida, u o`zining asosiy asari bo`lmish «Kapital»ning birinchi 
variantini tayyorlab 1859 yilda mazkur asarning birinchi kichik qismini «Siyosiy 
iqtisodiyot tanqidi haqida» nomi ostida nashr etdi. Ammo keyinchalik, Marks 
nashr etishni to`xtatib, qo`lyozmani puxtalashtirish lozimligi haqidagi qarorga 
keldi. 1867 yilda, Marks hayotligi davrida yagona nashr etilgan «Kapital» 
asarining birinchi tomi chiqguniga qadar, «Kapital» asarining yana ikkita qora 
nusxasi tayyorlandi. «Kapital»ning ikkinchi va uchinchi tomlari Marks 
qo`lyozmalari asosida 1885 va 1894 yillarda Engel`s tomonidan nashr etildi. 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling