Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   169
Asosiy nazariy holatlar. Xuddi Mill` kabi, Marks mumtoz siyosiy 
iqtisodning oldingi namoyandalari tomonidan ishlab chiqarilgan nazariyalarni 
tizimlashtirgan. «Kapital» asari tuzilishi esa, quyidagicha: Birinchi ikki tomda 
Marks kapitalistik sanoatni tadqiq etib, birinchi tomda ishlab chiqarish masalalari, 
ikkinchi tomda esa, munosabatlar masalalarini ko`rib chiqgan. 
Uchinchi bobda esa, savdo, kredit va qishloq xo`jaligi sohalari tadqiqotiga 
kiritilgan. Bundan tashqari, Marks iqtisodiy tadqiqotlarining barcha bo`limlarida 
oliy vazifa, ya`ni kapitalistik iqtisodiyotning adolatsiz ekspluatatorlik tavsifini 
ko`rsatish harakati mavjud bo`lib, bu holatlar uning bekor qilinish zaruratining 
isboti sifatida qo`llanilgan. 
Narx. O`z tadqiqotlarida, Marks o`ziga xos uslubiy usulni qo`llaydi, ya`ni 
iqtisodiy toifalar turli abstraktsiya darajasida ko`rib chiqilgan. Xususan birinchi 
ikki tomda, tannarx umumiy tarzda ishchi mehnati xarajatlari natijasi sifatida 
ko`rib chiqilgan. Marks tannarxni uch qismga bo`ladi: «Doimiy kapital» (s), ya`ni 
moddiy xarajatlar narxi, «O`zgaruvchan kapital» (v), ya`ni ishchi kuchi narxi, va 
«qo`shimcha narx» (m). 
Kapitalning doimiy va o`zgaruvchan kapitallarga bo`linishi Yangicha 
yondashuv bo`lib, Marksdan oldin iqtisodchilar asosiy va aylanma kapitalga 
bo`lishgan. Marks yaratilgan qo`shimcha qiymatni kapitalist tomonidan ishchilarni 
ekspluatatsiya natijasi deb atagan. Kapitalist daromadining ishchi daromadiga 
munosabatini m/v, u qo`shimcha qiymat normasi va ishchilar ekspluatatsiyasi 
darajasi ko`rsatkichi deb atagan. 


74 
Uchinchi bobda, Marks Yangi tushuncha, «takror ishlab chiqarish» 
tushunchasini kiritib, uni qiymat formasiga aylantirilgan tushuncha deb ataydi. U 
ishlab chiqarish vositalarini xarid etish xarajatlari, va ishchi kuchining 
daromadning barcha sohalari uchun o`rtacha ko`rinishi deb atagan. Ishlab chiqarish 
qiymati tushunchasi, iqtisodchilar orasida ko`plab munozaralarni keltirib chiqardi. 
Eslatib o`tamizki, Smitdan keyin, mehnat qiymati nazariyasi va qiymat 
nazariyasining mo„ayyan xarajatlar bilan talqin etilishi, mumtoz siyosiy iqtisod 
doiralaridagina qarama - qarshi qo`yilar edi. 
Shu sababli kapital asarining uchinchi tomi nashr etilganidan keyin, 
«Kapitalning» birinchi va uchinchi tomlari orasidagi qarama - qarshiliklar haqidagi 
ta`kidlar paydo bo`ldi, Chunki ularda, qiymatning turli nazariyalari qo`llanilgan, 
ya`ni mehnat nazariyasi va xarajat nazariyasi. 
Marksistlar («Kapital» asari uchinchi tomi nashr etilgan davrda Marks vafot etgan 
edi), bunga javoban bir toifa, boshqa toifadan kelib chiqganligini ta`kidlashar edi; 
mashhur nemis iqtisodchisi V. Zombert ta`kidlashicha, mehnat qiymati 
qiymatning real tushunchasini mantiqiy asosi bo`lib, xarajatlar bilan belgilanadi, 
ammo munozaralar keng tarqalmadi, Chunki mumtoz siyosiy iqtisodiyot davr 
diqqat e`tiboridan tushib kelayotgan edi. Kapital boshqa iqtisodiy toifalari orasida, 
zamonaviy iqtisodiy fan, Marksning jamiyat ishlab chiqarish va sohalararo 
raqobatchilik, hamda kapitalning o`zgaruvchanlik nazariyasini Marksning 
iqtisodiyot faniga asosiy hissasi deb qabul qilinadi. 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling