Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Narx va tannarx
- Mablag„, daromad, kapital, realizatsiya
Asosiy nazariy holatlar
Mill`ning so`nggi asari besh qismdan iborat. Birinchi uchta qismda («Ishlab chiqarish», «Taqsimlanish», «Almashinuv») u asosan o`zidan oldingi mumtoz siyosiy iqtisod natijalarini umumlashtiradi. Bu asrning o`ziga xos jixati Shunda ediki, Mill` ishlab chiqarish va taqsimotini qarama - qarshi qo`yadi. Boylik ishlab chiqarish sharoitlari va qonuniyatlari tabiiy fanlarga xos bo`lgan haqiqat tavsifiga ega, deb hisoblar edi u. boylik taqsimlanishi esa, o`zgacharoq tarzda yuz beradi. Taqsimlash, inson tasarrufiga tegishli bo`lgan ishdir. Asarining oxirgi ikki qismida, 71 Mill` ya`ni iqtisodiy o`sish va davlatning iqtisodiyotdagi roli muammolarini taxlil etadi. Narx va tannarx. Mazkur masalalar Mill` tomonidan asarining «Almashish» uchinchi qismida yoritilgan. Uning fikricha, narx asosida ishlab chiqarish xarajatlari yotadi. Mill` narx va tannarxning nisbiyligini (Rikardo terminologiyasi), narx shakllanishi tahlili jarayonida, Mill`, narx taklif va talab oorasida funktsional aloqa muammolariga yo`liqib, narxning talabga ta`sirini tadqiq etib, elastik talab tushunchasini ilgari suradi. Mablag„, daromad, kapital, realizatsiya. Bu borada, Mill` o`zidan oldingi davrda yashab o`tgan mumtoz siyosiy iqtisod namoyandalarining fikrlarining turli kombinatsiyalarda takrorlab, asosan Rikardo nazariyasiga tayanadi. Iqtisodiy o`sish. Mill` ilk marotaba, iqtisodiy statika va iqtisodiy dinamika tushunchalarini ajratadi. Statika ostida, iqtisodiyotning o`zgarmas masshtabdagi funktsiyasi tushunilsa, dinamika ostida o`sish va qulash tushuniladi. Ammo Mill` asarlarida, o`sish va rivojlanish tushunchalari aniqlashtirilmagan. Rivojlanish tushunchasi ostida, hozirgi davrda iqtisodiyotning sifat darajasidagi o`zgarishi tushuniladi. O`sish tushunchasi ostida esa, mo„ayyan iqtisodiy ko`rsatkichlarning miqdoriy oshishi ko`zda tutiladi. Iqtisodiy o`sish muammosini Mill` o`z kitobining to`rtinchi qismida ko`rib chiqib, bunda asosan iqtisodiy o`sishga ta`sir etuvchi omillar tadqiq etilgan. Iqtisodiy o`sish omillari orasida, u ishlab chiqarish omillarini belgilagan, masalan texnik jarayon, ishlab chiqarish kontsentratsiyasi hisobiga xarajatlarni pasaytirish, xo`jalik aloqalarini kengaytirish bilan bog`liq omillar, mehnat va kapital migratsiyasi, o`sishi, transport va savdoni rivojlanishi, taqsimlash tizimi va turmush farovonligini o`sishi, va nihoyat shaxs va mulk xavfsizligini ta`minlab beruvchi siyosiy omillar. Shu bilan birgalikda, Mill` iqtisodiyotdagi o`sish va pasayish fazalarining davriy o`zgarishini ham ko`rsatib, birinchilardan bo`lib, Angliyada 1825 yilda boshlab namoyon bo`lgan iqtisodiy sikl mavjudligini ta`kidlagan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling