Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Predmet va uslub. Marks iqtisodiy nazariyasi tadqiqoti predmeti sifatida,
mumtoz nazariya namoyandalari kabi ishlab chiqarish sohasi bo`lgan. Marks bu sohaga Shu qadar kuchli va birlamchi e`tiborni qaratar ediki, qolgan iqtisodiy munosabatlar ham uning uchun ishlab chiqarish munosabatlari edi. Uslub asosida, tarixiy materializm falsafiy nazariyasi yotgan. Jamoatchilik munosabatlariga nisbatan Marks tomonidan bildirilgan moddiy yondashuv quyidagilarda namoyon edi. Marks jamiyat munosabatlarining mo„ayyan umumiyligini jamiyat formatsiyasi deb atgan. Mazkur jamiyat munosabatlari bazisi sifatida, u 73 iqtisodiyotni tilga olib, iqtisodiyot birinchi navbatda texnika rivojlanish darajasi tomonidan belgilanadi (Ishlab chiqarish kuchlari). Iqtisodiyotga aloqasi bo`lmagan boshqa barcha jamiyat munosabatlari (siyosiy, madaniy va boshqalar), bazis poydevoriga asoslangan qurilmalardir. Shunday qilib, texnika (ishlab chiqarish kuchlari) iqtisodiyot tavsifini belgilaydi (ishlab chiqarish munosabatlari), iqtisodiyot esa barcha jamoatchilik munosabatlari uchun tavsiflidir. Shu bilan birgalikda, mo„ayyan jamoatchilik munosabatlarini (Shu jumladan iqtisodiy munosabatlar: kapitalistik, kichik tovar yoki sotsialistik) tabiiy deb hisoblagan mumtoz siyosiy iqtisodning boshqa namoyandalaridan farqli o`laroq, Marks tarixiy yondashuvni qo`llab, jamiyat formatsiyalari bir - birini faqatgina inqilobiy yo`l bilan o`rin almashishini isbotlagan, ammo nima bo`lganida ham, tabiiylik g`oyasi uning asarlarida baribir mavjud, Chunki kommunistik formatsiya o`z sxemasiga ko`ra oxirgi va to`laqonlidir. O`zining jamiyat formatsiyalari haqidagi nazariyasini Marks kapitalistik iqtisodiyotning tarixan o`zgaruvchan tavsifining isboti sifatida qo`llagan. Uning fikricha, mazkur iqtisodiyot baribir sotsialistik iqtisodiyotga o`z o`rnini bo`shatib beradi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling