Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Ijtimoiy ishlab chiqarish


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   169
Ijtimoiy ishlab chiqarish 
O`zining ijtimoiy ishlab chiqarilishi nazariyasida Marks fanga yalpi milliy 
mahsulotni qayta taqismlanish muammosini kiritib, mazkur masalaning tadqiq 
etilishi F. Kene iqtisodiy jadvalida boshlanib, «Smit dogmasi» paydo bo`lishi bilan 
yo`qolgan edi. Kenening uch bo`limli modelidan farqli o`laroq, Marks ikki 
bo`limli modelni yaratib, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish, ya`ni 
doimiy kapital elementlarini ishlab chiqarish, va ishchi va kapitalistlar iste`moli 
uchun zarur predmetlar ishlab chiqarilishi sohalariga bo`ldi, hamda bo`linma ichki 
aylanmasi doirasidan tashqariga chiquvchi mahsulot qismining mahsulot orasida 
almashinuv formulasini ishlab chiqardi. 
I (c+v+m) = birinchi sektor mahsuloti, II (c+v+m) – ikkinchi sektor 
mahsulotlari narxi. 
Natural ko`rinishda birinchi sektor mahsuloti I c va II c uchun 
mo`ljallanganligi sababli, I s to`ldirilgandan keyin qolgan I sektor mahsuloti (v+m) 
narxiga teng birinchi sektor qolgan mahsuloti II c to`ldirilishi uchun II sektorga 
yo`naltiriladi, natijada I va II sektorlar almashinuv formulasi yuzaga keladi: I 
(v+m) = II c.


75 
Marks nazariyasining Kene jadvalidan yana bir farqli tomoni Shu ediki, 
Kene sodda ishlab chiqarishni ko`rib chiqgan, marks esa sodda ishlab chiqarish 
bilan bir qatorda keng qamrovli ishlab chiqarishni ham ko`rib chiqgan. 
Marksning jamoatchilik ishlab chiqarilishi kengaytirilgan sxemalari 
mohiyatan iqtisodiy o`sishning birinchi modeli edi.
Tarmoqlararo 
raqobatchilik. 
Marks 
sohalararo 
raqobatchilik 
tushunchasini kiritib, bu tushuncha ichki sohaviy raqobatchilikdan farqli o`laroq, 
bir - xil turdagi tovarlar sotilishi uchun raqobatchilikni emas, kapitalning eng 
daromadli sohalarga yo`naltirilishi uchun raqobatchilikni bildiradi. 
Bunda, «Kapital» asarining 3 tomida, Marks qo`shimcha qiymat tushunchasini 
qo`llamay, uning o`zgargan shakli daromad tushunchasidan foydalangan. Xalq 
xo`jaligining turli sohalari, turli daromad normalariga egaligi, ya`ni daromadning 
avanslangan kapitalga nisbati turlichaligi sababli (m/c+v), kapital kam daromadli 
sohalardan yuqori daromadli sohalarga o`tuvchanligi boshlanadi. Bu holat, 
korxonaning kam daromadli sohalarida faoliyat yuritayotgan korxonalar yopilishi,
yuqori daromadli sohalarda Yangidan - Yangi korxonalar qurilishida namoyon 
bo`ladi. Natijada, kam daromadli sohalarda, taklif pasayib boradi, narx va 
daromadlar esa o`sadi, yuqori daromadli sohalarda esa teskari jarayon kuzatiladi. 
Umuman olganda iqtisodiyot, barcha sohalar uchun o`rtacha daromadni 
shakllantirishga harakat qiladi. 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling