Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   169
 
Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati: 
1. Аникин А.В. Путь исканий. М., 1990. 
2. Историки экономической мысли России. В.В.Святловский, М.И.Туган-
Барановский, В.Й. Железнов. М., 2002. 
3. История русской экономической мысли Т. 1. Ч. 2. Т. 2. Ч. 1-2. М., 1958-
1960. 
4. Маркс К. Капитал// Маркс К., Энгельс Ф. Соч. Т. 23-25. 
5. Милль Дж. С. Основы политической экономики: В 3 т. М., 1980. 


82 
IX-BOB. GERMANIYADAGI TARIXIY MAKTAB G„OYALARINING 
O„ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
 
9.1. F. List va eski tarixiy maktab iqtisodiy kontseptsiyalari 
Tarixiy maktab Germaniyada yuzaga kelib, buning o`ziga xos sabablari 
mavjud. Gap shundaki, 1871 yilgacha Germaniya tarkibida 36 ta nemis tilida 
so`zlashuvchi hududlardan tashkil topgan. Cho`zilib ketgan feodal bo`linish, 
Germaniya iqtisodiy rivojlanishini sekinlashtirar va shu sababli uning 
birlashtirilishi dolzarb masalaga aylangan edi. Nemis ziyolilari, nemis millatining 
ruhiy birligini ta`kidlashar, katta e`tibor Germaniya tarixiga qaratilar edi. Mazkur 
g`oyalarning nazariy shakllanishining boshlanishi, Germaniyada XIX asrning 
birinchi yarmida yuzaga kelgan huquq – tarixiy maktabi bo`ldi. Uning asoschisi 
Fridrix Karl Savin`i, huquq abstrakt mantiq bilan emas, mo„ayyan mamlakat milliy 
ruhiga tayanishi, hamda tarixan o`tuvchan tavsifga ega bo`lishi lozimligini 
isbotlagan. Mazkur g`oyalarni iqtisodiyot fanidagi maktab ham qabul qilgan. 
Uning asoschisi Fridrix List (1786-1846) bo`lib, u o`zining «Siyosiy 
iqtisodiyot milliy tizimi» (1841) kitobida mumtoz siyosiy iqtisodni kosmopolitik 
iqtisod deb atab, tanqid qilgan. U Smit nazariyasining uch asosiy kamchiligini 
ilgari surgan: kospolitizm, ya`ni barcha mamlakatlar uchun yagona bo`lgan 
iqtisodiy qonuniyatlarining mavjudligi, milliy, o`ziga xoslikni inobatga olmaslik; 
individualizm, ya`ni iqtisodiy inson atamasi iqtisodiy tahlilida, hech bir 
jamoatchilik aloqalarini hisobga olmasligi va materializm, ya`ni boylik 
yaratilishining moddiy omillarining tadqiqoti. 
Mazkur kamchiliklarga qarshi List millat ishlab chiqarish kuchi 
tushunchasini kiritgan. 
Bunda birinchidan, individual emas, milliy hajm qabul qilingan, ikkinchidan 
esa bu doiraga iqtisodiyotning barcha sohalari kiritilgan, uchinchidan, iqtisodiy 
sabablardan tashqari bu sohaga jamoatchilik institutlari ham kirishi ta`kidlangan. 
Uning yozishicha, millat ishlab chiqarish kuchlarining shakllanishi, mamlakat 
moddiy va intellektual kapitallarining o`zaro faoliyati natijasi bo`lib, Shu jumlaga 
qishloq xo`jaligi kapitali, manufaktuaralar va savdo kiritilgan. 
Bundan tashqari, List iqtisodiy liberalizm kontseptsiyasini ham tanqid etib, 
misol sifatida, Frid Reder kontseptsiyasini ilgari surgan («Erkin savdo»). Uning 
yozishicha, bunday sharoitlarda faqatgina Angliya uchun normal va foydali 
bo`lgan iqtisodiy siyosat, barcha mamlakatlarga nisbatan tadbiq etilib, bu holat 
Angliyaning o`za davrlarda jahon iqtisodiyoti yetakchi ekanligi, ammo mazkur 
sharoitlar boshqa mamlakatlar uchun imkonsiz ekanligini aytib o`tgan. 
Bu yondashuvga qarshi List, turli mamlakatlar iqtisodiyotiga nisbatan tarixiy 
yondashuvni taklif etgan. Xususan u, milliy iqtisodiyotlar rivojlanishining sohaviy 


83 
belgilarga ko`ra besh bosqichini ajratgan: ovchilik, chorvadorlik, agrar, agrar – 
sanoat va agrar-sanoat – savdo. 
Angliya egallab turgan iqtisodiyotning eng yuqori nuqtasiga erishish uchun, 
Listi mamlakat, yuqorida tilga olingan bosqichlarning to`rtinchi bosqichi 
iqtisodiyotiga yordam berishi lozimligini, birinchi navbatda protetsionizm siyosati 
zaruriyatini ilgari surgan. 
Qisqa muddat ichida, Listdan so`ng yana boshqa nemis iqtisodchilari ham 
shunga o`xshash g`oyalarni ilgari sura boshlashdi – bularga Vil`gel`m Rosherning 
(1817-1894) «Tarixiy uslub nuqtai nazaridan siyosiy iqtisodiyot kursining qisqa 
asoslari» (1843) asari bilan, Bruno Xil`debrand (1812-1878) «Hozirgi zamon va 
kelajak siyosiy iqtisodi» (1848) asarlari bilan va Karl Kniss (1821-1898) o`zining 
«Tarixiy uslub nuqtai - nazaridan siyosiy iqtisod» (1823) asari bilan. Ularning 
barchasi mustaqil ravishda ijod qilishib, keyinchalik tarixiy maktab nomi ostida, 
birlashtirilgan. 
Xuddi List kabi ular ham, mumtoz siyosiy iqtisodni tanqid etishgan. 
Masalan Xil`debrand, mumtoz siyosiy iqtisodni inson egoizmi haqidagi tabiiy 
ta`lim deb atagan. Xususan ular, tabiiy - iqtisodiy qonuniyatlar haqidagi g`oyani 
inkor etib, iqtisodiyotning nisbiyligi va o`zgaruvchanligi g`oyasini ilgari surishgan, 
va bu g`oya asosida iqtisodiyot xalq rivojlanishi bilan birlagikda rivojlanishi 
haqidagi g`oya yotgan. Kniss, erkin harakat, insonning jamiyatdagi erkin tanlovi, 
tabiat azaliy qonuniyatlarini taqqoslab, bu holat nafaqat alohida shaxslar, balki 
butun millat xo`jalik faoliyati farqlarini sababi ekanligini ta`kidlagan. 
Rosherning yozishicha, faqatgina iqtisodiy idealning mavjudligi, xalq uchun 
etarli emas, zero hattoki ko`ylak ham, birgina andoza asosida tikilmaydi. 
Milliy iqtisodiyotlar farqiga nisbatan xalq xo`jaligi sub`ektlari tanlovi erkinligi 
ham, eski tarixiy maktab namoyandali fikricha, siyosiy, huquqiy, etik psixologik 
omillar ta`sir ko`rsatadi. Bularning barchalari milliy ruh tushunchasi ostida 
birlashadi. Bundan Shunday xulosa kelib chiqadiki, har - bir milliy iqtisodiyot, 
milliy - iqtisodiy fan tomonidan tadqiq etilishi kerak. 
Rosher, Xil`debrand va Kniss uchun tarixiy yondashuv xos bo`lgan. Rosher, 
bu haqda mazkur tushunchani aralashtirmagan holda, iqtisodiyot tarixiy 
qonuniyatlari haqida yozgan. Kniss esa, iqtisodiy siyosat va xo`jalik doktrinalari 
tarixiy nisbiyligi haqida. Xuddi List kabi, ular iqtisodiyot rivojlanishi bosqichlarini 
ajratishgan, ammo boshqa omillarga tayanishgan. Rosher, ishlab - chiqarishni 
yetakchi omillari andozalari bo`yicha iqtisodiyotni uch bosqichga bo`lgan: ya`ni, 
qadimiy, bunda ishlab chiqarish asosiy omili er; o`rta asrlar, asosiy omillar tsex 
hunarmandlarining erkin mehnati qabul qilingan, va Yangi bosqich, ishlab 
chiqarishning mexanik ishlab chiqarishga o`tishi natijasida asosiy omil, kapital 
bo`lishi. 


84 
Xil`debrand ham, uch davrni ajratib, asos sifatida, mablag` kredit 
munosabatlari rivojlanishini qabul qilgan: ya`ni, natural xo`jalik (ammo to`g`ridan 
- to`g`ri tovar almashinuvi), mablag` xo`jaligi va kredit xo`jaligi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling