Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
89 X-BOB. MARJINALIZM TA‟LIMOTI 10.1. Iqtisodiyot fanida marjinalistik inqilob Davr tavsifi. Marjinalistik inqilob atamasi iqtisodiy ta`limotlar tarixida noaniq tarzda talqin etiladi. Ko`pchilik bu atamani XIX asr etmishinchi yillari boshida marjinalistik asar nomi ostida mashhurlikka ega bo`lgan Avstriyalik olim K.Menger, ingliz olimi U.S. Jevenson va frantsuz L. Val`ras tomonidan nashr etilgan maqolalar bilan bog`lashadi. Biz esa marjinalistik inqilob tushunchasi ostida XIX asr etmishinchi yillari boshidan 1902 yilda Kembridj (Angliya) universitetida ilk marotaba Yangi iqtisodiyot nazariyasi o`quv kursi o`qitilgan davrgacha bo`lgan Yangi marjinalistik nazariya shakllanishining butun davrini olamiz. Mumtoz siyosiy iqtisodni marjinalizm nazariyasiga almashinuvi XIX asrning etmishinchi yillarida yuz berib, nafaqat mumtoz siyosiy iqtisod salohiyatni tugashi, balki alohida tashqi sabablarga ham bog`liq. Mazkur sabablardan biri, o`sha davrda yuz berayotgan iqtisodiy munosabatlar o`zgarishiga borib taqaladi. Erkin raqobatchilikni rivojlanishi, XIX asr 60- yillariga kelib iqtisodiy o`sish o`zining so`nggi nuqtasiga etdi, ammo 70-80-yillar davomida, iqtisodiy siklda pasayish davri boshlanib, oqibatda jahon iqtisodiyotini uzoq muddat davomida depressiyaga tushib qolishi bilan tarixda qoldi. 1890-yillarda depressiyadan chiqish, ilk monopoliyalar yuzaga kelishi bilan bog`liq bo`lsada, ammo monopolistik raqobatchilik Yangi tizimini nazariy tushunish davri kechroq yuz berib XIX asrning oxirlarida raqobatchilikning kuchayishi kuzatilar edi. Istalgan krizis, ilgari e`tiborga olinmagan qadriyatlar va Yangi g`oyalarga nisbatan alohida e`tiborni taqozo etadi. Aynan mana Shunday g`oyalar qatoriga qiymatning shakllanishi marjinalistik tahlili o`rin oldi. Yangi nazariya, tadbirkorlik talablariga javob berar edi, Chunki endi mumtoz siyosiy iqtisodning iqtisodiy hodisalar nima? – kabi savollarga marjinalistlar bu hodisalar qanday o`zaro aloqaga kirisha oladi, va buning natijasida qanday qilib ular yanada samarali tarzda aloqaga kira olishadi degan savollar yuzaga keldi. O`zaro ta`sir haqidagi tezis, iqtisodiy o`zaro mutanosibligini ham mikro-, ham makro darajalarda ko`tardi (firma va xalq xo`jaligi). Ayniqsa mutanosib tizim tushunchasi formal jixatdan umumiy bo`lib, ko`plab o`zaro bog`liq elementlar mo„ayyan jamlanmasini ko`zda tutar edi. Tizimli yondashuv, tabiiy fanlarning mo„ayyan darajasidan olindi, Shu vaqtning o`zida, fizikada N`yuton mumtoz mexanik tushunchalari ham Yangi nazariyalarga o`rin almashib berayotgan edi. Masalan 1874 yilda Dj. Maksvell elektromagnit maydoni nazariyasi ustidan ishni boshladi. XIX asrning 70-yillariga kelib, molekulyar fizika 90 ham rivojlana boshladi, va uning tadqiqot markazida jismoniy tanalarni yuzaga keltiruvchi zarralar orasidagi o`zaro ta`siri yotadi va u fizikadan tadqiqotlarning asosiy mavzusiga aylandi. Natijada, energiya aylanish tahlili orqali, tanalar o`zaro ta`siri tizimini o`rganish termodinamik uslubi rivojlanishi boshlandi. Buning natijasida yuzaga kelgan energiyani saqlanib qolish nazariyasi, energiya boshlang`ich sababi sifatida Flagiston nazariyasi o`rnini egalladi. Kimyoda ham, tizimli yondashuv D.Mendeleev tomonidan 1869-1871 yillar davomida elementlar davriy tizimi yaratilishi bilan farqlandi. Biologiyada, alohida organizmlar o`rganilishi tizimi, ularni turlar va ko`rinishlarga klassifikatsiya etish nazariyasi bilan almashib, endilikda biosfera o`zaro bog`liq o`simlik va hayvonlar organizmlarining o`zaro ta`siri yagona tizimi sifatida o`rganila boshlandi. Falsafada tizimli yondashuv va hodisalar orasida funktsional aloqalar tadqiqoti bundan ham oldinroq pozitivizm nazariyasi asosida qo`llanila boshlanib, bunday holat XIX asrning birinchi yarmida O. Kont, G. Spenser va D.S. Mill` tomonidan amalga oshirilgan. Kont fikricha, hodisalar va ular orasidagi sabab natijaviy bog`liqliklar mohiyati haqidagi masalalar orasida metafizik masala mavjud bo`lgan. Bizning fikrimizcha, sabablarni qidirish mumkin emas va ma`nosizdir, deb yozgan edi u. uning fikricha, fanning vazifasi, hodisalar orasidagi bog`liqliklarni aniqlash bo`lib, ular haqidagi bilimlar aniq va o`lchovli bo`lishi shart. Iqtisodiyotda ham, xuddi Shunday yondashuv yopiq mutanosib tizim asosida amalga oshirilib, uning barcha qismlari o`zaro bog`liq bo`lishi va sabab va oqibatlarga ega bo`lmasligi, birlamchi va ikkilamchi bilimlarning mavjud emasligi, haqida fikr yuritilgan. Buning natijasida esa iqtisodiyot fanida marjinalistik inqilobi shakllana boshladi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling