Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Marjinalistik inqilob natijalari
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
10.4. Marjinalistik inqilob natijalari Shunday qilib XIX-XX asr oralig`ida, iqtisodiyot fanida yangi nazariy yo`nalish paydo bo`lib, bu yo`nalish marjinalistik inqilob ikkinchi bosqichi namoyandalari A. Marshall, D.B. Klark va V.Pareto tadqiqotlariga asoslangan (Avstriya maktabi marjinalistik inqilobi birinchi bosqichida ilg`orlik qilgan bo`lsada, keyinchalik ikkinchi darajaga tushib qoldi, ammo yo`qolmay Yangi avstriya maktabi ko`rinishida tadqiqotlarini davom ettirdi). Marjinalistlar tadqiqotlari predmeti iqtisodiyot bo`lib, bunda u teng, cheklangan darajadagi mehnat va moddiy resurslarning tizimi sifatida qabul qilingan (mablag` neytral o`zaro bog`lovchi element sifatida talqin etilgan). Tadqiqotning asosiy mazmuniga xo`jalik mexanizm funktsiyasining firma daromadini maksimizatsiya etish maqsadida resurslar optimal qo`llanilishini ta`minlovchi holatini aniqlashga bag`ishlangan tadqiqotlar bo`lib (makroiqtisodiyot), bu holat jamiyat ravnaqiga ta`sirini aniqlashga yordam berar edi. Iqtisodiy jarayonlar tahlili, faqatgina miqdoriy darajada o`tkazilgan, Shu sababli iqtisodiyotning sifat (ijtimoiy tomonlari) tadqiqot doirasidan tashqariga chiqarilgan edi. Iqtisodiyotning o`zi marjinalistik yo`nalish paydo bo`lishi davrida mutlaq raqobatchilik bozori sifatida ko`rib chiqilgan, ya`ni bozor bir - xil tovarlar, sotuvchilar va xaridorlar maydoni bo`lib, unda ratsional qonuniyatlarga asoslangan holda, to`liq iqtisodiy axborotga ega, hamda erkin harakatlanish qobiliyatiga ega shaxslargina faoliyat yuritishi mumkin deb hisoblangan. XIX oxiri XX asr boshlaridagi marjinalistlar nazariyasining yana bir sharti, tenglikning iqtisodiy statika bilan bir doirada ko`rib chiqilishi bo`ldi. Dinamika esa, tenglikning vaqtinchalik buzilishi sifatida talqin etilib, bu jarayonda marjinalistik nazariyaning asosiy qonuniyatlari amal qilmaydi deb hisoblangan. Iqtisodiyot fanida marjinalistik yo`nalishning keyingi rivojlanishi, mazkur cheklovlar doirasidan tashqariga chiquvchi nazariyalar yaratilishi bilan farqlanadi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling