Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Marjinalistika g`oyasining davriyligi
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
10.2. Marjinalistika g`oyasining davriyligi Marjinalistik inqilob jarayonida e`tirof etilishicha, u kelib chiqgan davraga ko`plab g`oyalar oldin ham mavjud bo`lib, bu g`oyalar mumtoz siyosiy iqtisod hukmronligi davridayoq marjinalistik g`oyalarni ilgari surgan. Ammo ular jamiyat tomonidan qabul qilinmay unutilgan. Marjinalistik inqilob asoschilari, mazkur nazariyalarni boshqatdan ilgari surishga harakat qilishdi, zero bu kabi ilmiy nazariyalarning barchasi, xuddi Shunday rivojlanish bosqichlaridan oldin ham o`tgan. Masalan mumtoz siyosiy iqtisod mohiyatan Kene va Smit nazariyalaridan kelib chiqib rivojlangan, Shu davrning o`zidayoq Petti, Buagil`ber va boshqa qator iqtisodchilar nazariyalari merkantilizm hukmronligi davrida tan olinmagan. Shu sababli, ilgarigi davr marjinistlari haqida quyida to`xtalib o`tamiz. Marjinalistik 91 inqilobni ikki bosqichga bo`lish mumkin bo`lib, ular predmeti va uslubi bilan bir - biridan farq qiladi. Marjinalistik inqilobning birinchi davri XIX asrning 70-80-yillarning o`rtasiga to`g`ri keladi. Albatta, Shuni e`tiborga olish kerakki, birinchi bosqich g`oyalari tarafdorlari bo`lgan iqtisodchilar, keyingi davrlarda ham yashab faoliyat yuritishgan. yuqorida aytib o`tilganidek, birinchi bosqichning asosiy nazariyachilari Avstriyalik olim K.Menger, ingliz olimi U.S. Jevens va frantsuz olimi L. Val`ras kirgan. Ulardan hayoti davrida faqatgina Menger mashhurlikka erishib, uning shogirdlari va tarafdorlari Avstriya maktabi tushunchasi ostida birlashishgan. Birinchi bosqich marjinalistlari, boshlang`ich toifa sifatida tannarx g`oyasini saqlab qolishgan bo`lsada, tannarx nazariyasining o`zini o`zgartirishdi. Endilikda, tannarx, mumtoz siyosiy iqtisodda takidlangan, tovar ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar bilan emas, tovarning maksimal foydalilik darajasi bilan belgilangan. Demakki, tadqiqot predmeti o`zgargan. Agar, iqtisodning boshlang`ich asosiy sohasi sifatida ishlab chiqarish (taklif) qabul qilingan bo`lsa, keyinchalik iste`molchilik sohasi (talab) qabul qilingan. Foydalilik sub`ektiv tushuncha bo`lganligi sababli, Yangi nazariy yo`nalish boshlang`ich davrlarda sub`ektiv yo`nalish deb ataldi. Tannarx asosida predmetning foydalilik darajasi yotadi degan g`oya o`z- o`zidan Yangi emas edi, u vaqt - vaqti bilan XVIII asrdan boshlab iqtisodiy fikrda keyingi davrlarda ham yuzaga kelgan edi. Tannarxga kam uchrash omili ham ta`sir etishi haqidagi g`oya ham tilga olingan, ammo bu ikki g`oyaning maksimal foydalilik tushunchasiga birlashishi Yangicha qarashni yaratdi. Maksimal (marjinal) kattaliklar tadqiqoti, Yangicha nazariy yo`nalishning farqli o`ziga xosligiga aylanib, uning nomini asosi sifatida qabul qilindi. Maksimal kattalik, hodisaning mohiyatini emas, mo„ayyan hodisa kattaligining boshqa kattalik o`zgarishi sababli o`zgarishini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, marjinalizm iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etgan. Iqtisodiy o`zgarishlar (jarayonlar) marjinalistlar tomonidan matematik ravishda modellashtirilib, differentsial tenglamalar (muvofiq grafiklar) asosida o`rganilgan. Differentsial tenglama, mustaqil o`zgaruvchan kattalikni, uning funktsiyasini (ya`ni bog`liq o`zgaruvchanlikni), hamda ishlab chiqarish funktsiyasini (uning o`zgarish tezligini) o`zaro bog`lagan. Bunday modellashtirish, iqtisodiy hodisalar optimal kattaligini topish uchun qo`llanilgan. «Optimum» bu funktsiyaning, uning oqibati nol`ga teng bo`lgan ekstremal mazmunini bildiradi (maksimal yoki minimal). Marjinalistik uslub matematik tilda shakllantirilishi bilan, - deb yozgan edi amerikalik iqtisodiy fikr tarixchisi B. Seligmen, - xo`jalik faoliyati mazmunini 92 maksimizatsiyasi muammosini tavsiflash imkoniyati yuzaga kelib, foydalalik, narx, daromad, ishlab chiqarish hajmlari, daromad va xarajatlar minimizatsiyasi uchun muhim bo`lib qoldi. Modellashtirish istalgan boshqa nazariyadan ko`proq ravishda real hodisa yoki jarayon soddalashtirilishini ko`zda tutadi. Istalgan model` – «boshqa teng sharoitlarda» tushunchasini tarkibiga oladi. Iqtisodiyotning matematik modellashtirilishi bilan Shug`ullangan holda, marjinalistlar soddalashtirishni qo`llab, bunda sof iqtisodiyotnigina tadqiq etishdi, ya`ni ijtimoiy hodisalardan tashqari bo`lgan iqtisodiyotni. Mazkur atama L. Val`ras qalamiga mansub bo`lgan « Sof siyosiy iqtisod elementlari» (1874) asarida ham tilga olingan edi. Keyinchalik mazkur yondashuv siyosiy iqtisod atamasining iqtisodiyot (ekonomika, ekonomiks (ingliz)) atamasiga almashtirilishiga ta`sir etdi, Chunki mumtoz siyosiy iqtisodiyotga bag`ishlangan mavzu doirasida aytib o`tilganidek, siyosiy so`zi Yunoncha «polis» (jamiyat, davlat) atamasidan olinib, siyosiy iqtisodiyot atamasi jamoatchilik (ijtimoiy) iqtisodiyoti ma`nosini belgilaydi. Xususan, U.S. Djevons o`z kitobini «Siyosiy iqtisod nazariyasi» (1871) deb atagan bo`lsa, keyingi asarini «Iqtisodiyot printsiplari» deb atadi. Nazariyaning Yangicha nomlanishining oxirgi varianti marjinalistik inqilobning ikkinchi bosqichida qabul qilindi. Marjinalistik inqilobning ikkinchi bosqichi XIX asrning 80-90-yillari o`rtasiga to`g`ri keladi. Mazkur nazariyaning asoschilari ingliz olimi A. Marshall, amerikalik olim D.B. Klark, va italiyalik olim V. Paretolar edi. Ular tannarx, hamda boshlang`ich toifa printsipidan voz kechib, iqtisodiy aloqalarning natijaviy talqinini funktsional talqin bilan almashtirishdi. Natijada, ular tannarxning ikki nazariyasini (ishlab chiqarish xarajatlari, hamda foydalilik darajasidan kelib chiqgan holda belgilanishi) birlashtirib, bir vaqtning o`zida tannarx tushunchasidan voz kechib, faqatgina narx tushunchasini qoldirishdi, hamda narx deb talab va taklifga bog`liq tenglik darajasi deb belgilab berishdi. «Biz narx predmetning foydaliligi, yoki predmetning ishlab chiqarish xarajatlari bilan boshqarilishi haqidagi munozaralarga teng ravishda munosabat bildirishimiz mumkin edi, ammo bir varaq qog`ozni bir vaqtning o`zida, qaychining har - ikkala kesuvchi qismi kesishini unutib qoldirayapmiz» - deb yozgan edi A. Marshall. «Endilikda aytish mumkinki, - deb ta`kidlagan edi, ikkinchi bosqich namoyandasi V. Pareto, - istalgan iqtisodchi tannarx sababini qidirar ekan, tenglik sintetik hodisasini to`liq tushunmasligini aniqlaydi». Endilikda, tizimni belgilovchi printsip, tannarx tushunchasiga ega daraxt ko`rinishidagi sabab - natijaviy aloqalar ketma - ketlikda birlashtirilgan iqtisodiy hodisani tadqiq etuvchi boshlang`ich toifa printsipi emas, boshiga ham, oxiriga ham ega bo`lmagan o`zaro bog`liq tizim sifatidagi iqtisodiyot tushunchasini ilgari suruvchi tenglik printsipi faoliyat yurita boshladi. Xalq xo`jaligi darajasida 93 iqtisodiy tenglikning umumiy, hamda bir tovarning bozor darajasidagi iqtisodiy tengligini tadqiq etuvchi xususiy iqtisodiy tengliklar ajratiladi. Albatta, tenglik tushunchasi iqtisodiyot fanida Yangi emas edi. Xususan, mumtoz siyosiy iqtisodda talab va tannarx tadqiqotida talab va taklif tushunchasi mavjud edi, ammo bu erda u ikkilamchi bo`ldi, Chunki narx tushunchasining tannarx tushunchasiga nisbatan farqlari namoyon bo`ldi. Agarda tovar, bozorga haqiqiy talabni qondirish uchun etarli miqdorda olib kelinadigan bo`lsa, deb yozgan edi Smit, bozor narxi, uning tabiiy narxi bilan teng bo`ladi. Marjinalistik nazariyasida esa, tenglik tushunchasi, asosiy tushunchaga aylandi. Marjinalistik inqilobning ikkinchi bosqichida, tadqiqot predmeti ham o`zgardi. Sabab – natijaviy yondashuvidan voz kechish, iqtisodiyotning boshlang`ich va asosiy sohasidan ham voz kechish bilan barobar edi. Endilikda, tadqiqot predmeti sifatida iqtisodiyotni birinchi o`ringa ko`tarish edi. Ishlab chiqarish sohasi endilikda, tadqiqot predmetiga aylanganligi sababli (iste`mol sohasi bilan bir qatorda), ikkinchi bosqich marjinalistlari neomumtozlar nomini olishdi. Bunda ular, marjinalistik g`oyalarga sodiq qolishib, maksimal kattaliklarni nafaqat talab muammolariga nisbatan, balki taklif muammolariga nisbatan ham qo`llasha boshlashdi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling