96
3. Maksimal iqtisodiy tushunchalar nima bilan tavsiflanadi?
4. Marjinalistik inqilob birinchi va ikkinchi bosqichlarida qanday tizim
yaratuvchi printsip qo`llanilgan?
5. Marjinalistik inqilob birinchi va ikkinchi bosqichi
namoyandalari mumtoz
siyosiy iqtisoddagi tannarx tushunchasiga yondashuvi qanday?
6. Iqtisodiy hodisalar orasida o`zaro aloqalarga sabab natijaviy va funktsional
yondashuvlar orasidagi farq qanday va bu ularning tizimlashtirilishiga
qanday ta`sir o`tkazadi?
7. Umumiy va xususiy iqtisodiy tenglik nima?
8. Neomumtoz atamasi marjinalistik inqilobning qaysi davriga mos? Sof
iqtisodiyot tushunchasi nimani bildiradi?
9. “Siyosiy iqtisodiyot” deb nomlanishidadan nima sababdan bosh tortilgan?
10. Gossen, Dyupyui, Kurno va Tyunen o`z asarlarida
qanday muammolarni
ko`rib chiqishgan?
11. Mutlaq raqobatchilik shartlari qanday?
Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati:
1. Блауг М. Экономическая мысль в ретроспективе. М., 1995.
2. Шумпетер Й.А. История экономического анализа. Т. 3. СПб., 2001.
97
XI-BOB. MARJINALIZM NEOKLASSIK IQTISODIY MAKTABLAR
11.1. Avstriya maktabining asosiy nazariy holatlari
Marjinalistik inqilobning uch asoschilaridan (Menger, Djevons, Val`ras)
faqatgina Karl Menger (1840-1921) birinchi bosqichda mashhurlikka ega bo`ldi.
Xususan, bu mashhurlik uning tomonidan o`z
nazariyasi talqini davomida
matematikaning qo`llanilmaganligida namoyon bo`ldi. Mengerning shogirdlari va
izdoshlari Avstriya maktabini tashkil etishdi. Menger
shogirdlari orasida yirik
nazariyotchilardan Fridrix Vizer (1851-1926) va Evgeniy Byom – Baverk (1851-
1914) nomlarini tilga olish mumkin. Ba`zi holatlarda mazkur maktab “Vena
maktabi” deb ham tilga olinadi, Chunki ko`rsatilgan
barcha iqtisodchilar Vena
universiteti professorlari edi.
Do'stlaringiz bilan baham: