Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Predmet va uslub. Avstriya maktabi tadqiqotlari predmeti sifatida, iste`mol
sohasi (talab) olingan. Bunda, asosiy yondashuv mikroiqtisodiy darajaga qaratilib, bu jarayon individual xo`jalik faoliyati darajasi sifatida qabul qilingan. Uslub. Avstriya maktabi nazariyasida so`z avvalambor, izolyatsiya holatidagi inson xo`jalik faoliyati haqida yuritilib, bunda faqatgina inson narsalarga bo`lgan munosabati ko`rib chiqiladi, va Shu sababli mazkur uslub «Robinzona»da uslubi ham deb yuritiladi, zero Avstriyaliklar izolyatsiya holatidagi inson xo`jaligi misoli tariqasida yovvoyi oroldagi Robinzon xo`jaligini keltirishni xush ko`rishgan. Avstriyaliklar metodologiyasi yana bir xususiyati, alohida inson uchun iste`mol predmetlari foydaliligini baholashdagi sub`ektivizmdir. Avstriyaliklarning ta`kidlashicha, iqtisodiyot fani psixologiyaning to`la shakllanmagan sohasidir. Marjinalistik inqilob boshqa namoyandalaridan Avstriya maktabini ajratuvchi metodologiyaning uchinchi xususiyati, iqtisodiyotdagi vaqt omiliga e`tiboridir. Tannarx. Menger predmet tushunchasi ostida insonga mo„ayyan foydani ta`minlovchi narsani tushungan. Keyingi qismlarda predmetlar iqtisodiy cheklangan va erkin predmetlarga ajratilgan. Iqtisodiy predmetlar, tannarxga ega bo`lib, tannarx ularning maksimal darajadagi foydaliligi, ya`ni nafaqat foydalilik, balki mazkur predmetning miqdori (kam uchrashi) bilan belgilanadi. Bunda, foydalalik va miqdoriy darajalar sub`ektiv tushunchalar toifasiga kiritilgan. Foydalilik darajasi iste`molchining indvidual yoqtirishlari bilan belgilanadi, miqdoriy tushuncha esa, iste`mol hajmiga taqaladi. Buning misoli tariqasida Menger, Robinzonni keltirib, Robinzon ham boshlang`ich davrlarda dengiz to`lqini unga bir qop bug`doyni orolga olib kelib tashlaganida, birinchi qopni yuqori darajada baholaydi, Chunki bu qop uni ochlik o`limidan saqlab qoladi, ikkinchi qop esa kamroq darajada baholanadi, Chunki ikkinchi qop ikki kishiga 98 mo`ljallangan edi. Umuman olganda, Robinzon ehtiyojlari besh qop bilan qoplangan. Bunda, beshinchi qopga ehtiyoj qiyinchilik bilan kelib chiqdi (beshinchi qop bug`doyi qushlarga edirildi). Beshinchi qop foydalilik darajasi maksimal bo`ldi. Avstriyaliklar asarlarida maksimal foydalilik darajasi illyustratsiyasi uchun keltirilgan sodda misol murakkab konstruktsiyalar bilan ham to`ldirilgan. Masalan K. Menger va E. Byom-Baverk asarlarida, iste`mol ehtiyojlarining biri emas, o`nlab turi keltirilgan indvidual baholash taqsimlanishi sxemasi uchraydi. Mazkur sxema quyidagi ko`rinishga ega (11.1.1-rasm). I II III IV V VI VII VIII IX X 10 9 8 7 6 5 4 3 2 1 9 8 7 6 5 4 3 2 1 0 8 7 6 5 4 3 2 1 0 7 6 5 4 3 2 1 0 6 5 4 3 2 1 0 5 4 3 2 1 0 4 3 2 1 0 3 2 1 0 2 1 0 1 0 0 Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling